VIVIPARIYA

VIVIPARIYA (lot. vivus — tirik, pario — tugʻaman) — urugʻning pishib yetilmagan meva ichida ona oʻsimlikning oʻzidan koʻkarib chiqishi. Oʻta nam iqlimli tropik daraxtlarning pishmagan mevalarida ildizchali murtagi — gipokotili paydo boʻladi. Murtak uz. 50—70 sm ga yetgach, uzilib, tuproqqa tushib oʻsa boshlaydi. Vivipariya tashqi koʻrinishdan donli oʻsimliklarning ildiz hosil qilib oʻsib chiqishiga oʻxshaydi. Guldagi metamorfoz tufayli piyozchalar (qoʻngʻirbosh) va tuganaklarni (tirik tugʻar grechixa) tez oʻsib chiqib oson toʻkilishi ham Vivipariya deyiladi. Bunday holat yashash muhiti juda noqulay boʻlgan qutb, baland togʻ va choʻl mintaqalarida uchraydi. Vivipariya oʻz mohiyatiga koʻra vegetativ koʻpayish hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: VIVIPARIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
ILDIZ
BIOLOGIYA
VEGETATIV KOʻPAYISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты