TRIKOTAJ

TRIKOTAJ (frans, tircoter toʻqimoq) — bir yoki bir necha iplardan halqalar hosil qilib, ularni oʻzaro biriktirish (oʻrish) natijasida olinadigan mato yoki buyum. Trikotaj iplarning tarkibiga, ishlatilishi, pardozlash usuli va tuzilishiga qarab turlarga boʻlinadi. Tarkibi ga qarab, paxta ipi, jun, ipak va kimyoviy tola aralashgan iplardan toʻqilgan xillarga boʻlinadi. Ishlatilishiga qarab, Trikotaj buyumlar yoki matolarga boʻlinadi. Trikotaj buyumlariga kostyum, jemper, kofta, palto, qoʻlqop, koʻylak, ichki kiyim, paypoq va b. matolariga sunʼiy moʻyna, sunʼiy charm kiradi; bular texnik maqsadlarda va turli xil kiyimlar tayyorlashda ishlatiladi. Pardozlash usuliga qarab, dagʻal, oqartirilgan, tekis va boʻyalgan xillarga boʻlinadi. Trikotajning asosiy fizikmexanik xossalari uning tuzilishiga, xalkalarning shakli va oʻlchamiga, ipning yoʻgʻon va ingichkaligiga, qalinligi va pishikligiga bogʻliq. Tuzilishi (strukturasi) ga qarab, koʻndalang toʻqilgan, tanda oʻrilishli, bir qavatli va ikki qavatli boʻladi. Trikotaj yumshokligi, elastikligi, gijimlanmasligi, yengilligi, oson yuvilishi bilan boshqa toʻqima matolardan ustun turadi. Trikotaj oʻrilish boshqa oddiy gazlamalar oʻrilishidan farq qiladi. Bir yoki bir necha uzluksiz ip xalqalarini birbiriga birlashtirib hosil qilinadi. Trikotaj halqalarining qanday hosil boʻlishiga qarab, koʻndalang toʻqilgan (kulir) va boʻylama (tandadan toʻqilgan) Trikotaj farklanadi.

Koʻndalang toʻqilgan (kulir) Trikotaj matodagi hamma halqalar qatori bitta ipning birinketin egilibbukilishidan hosil boʻladi. Boʻylama (tandadan toʻqilgan) Trikotajda esa har bir xalqa alohida ipdan hosil boʻladi. Trikotaj oʻrilish bir qavatli va ikki qavatli boʻlishi mumkin. Bir qavatli Trikotajning oʻng tomoni bir tomonda, teskari tomoni boshqa tomonda joylashadi. Ikki qavatli Trikotajda esa ikkala oʻng tomoni yoki ikkala teskari tomoni bir yoqda joylashgan boʻladi. Ikki kavatli Trikotaj kalinrok,, pishiqroq va ogʻirroq. Trikotaj oʻrilish asosiy, xrsilaviy va gulli oʻrilishga boʻlinadi. Asosiy oʻrilishlar guruhiga bir xil halqa beradigan oddiy oʻrilishlar kiradi. Bunday oʻrilishlarga kulir toʻqimasi, triko zanjir, atlas misol boʻla oladi. Hosilaviy oʻrilish asosiy oʻrilishni oʻzgartirish yoʻli bilan hosil qilinadi. Bunday oʻrilishlarga hosilaviy kulir toʻqimasi, movut va b. misol boʻladi. Gulli oʻrilishlar guruhiga asosiy oʻrilishlar bazasida gul shakli hosil b>;ladigan oʻrilishlar kiradi; bularni tayyorlash uchun mashinaga qoʻshimcha mexanizm kiritiladi hamda hosil qilish jarayonini oʻzgartirish yoʻli bilan mato sirtida gul hosil qilinadi. Bunday oʻrilishlarga pressli, arqokli, jakkard, futer va b. gulli oʻrilgan Trikotaj misol boʻladi.

Trikotaj trikotaj mashinasida toʻqiladi. U dumaloq va tekis Trikotaj mashinalariga boʻlinadi. Trikotaj mashinasining asosiy detali xalka hosil qilish mexanizmining ignasi hisoblanadi. Ignaning tilli, ilgakli, oʻyikli va b. turlari bor. Ignalar poʻlat sim yoki lentadan 25—100 mm uzunlikda, 0,3—1,0 mm yoʻgʻonlikda ishlab chiqariladi. Ignaning yoʻgʻoningichkaligi Trikotaj halqalarining oʻlchamiga qarab tanlanadi: halqalar qancha mayda boʻlsa, shunchalik ingichka igna olinadi. Trikotaj mashinalari, asosan, Trikotaj sanoati uchun ishlab chikariladi, lekin maishiy qoʻl mashinalari va apparatlari ham bor.


Lotin alifbosida maqola: TRIKOTAJ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIYIM
YER
HARBIY KIYIMLAR
JUN
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты