VIMA KADFIZ

VIMA KADFIZ, Kadfiz II (mil. 1-a.) — Kushon podsholigi shohlaridan — kushonshoh (47—78). Kujula Kadfizning oʻgʻli va vorisi. Taxm. 30 yil podsholik qilgan. Vima Kadfiz davrida Kushon podsholigi hududi kengaygan, xususan Hindistonning bir qismi qoʻshib olingan. Vima Kadfiz davrida pul islohoti oʻtkazilgan, tangalar oltin va misdan zarb qilingan. Oltin tangalar: 1 di-nor (8 g ga yaqin), 2 dinor, 1/4 dinor va ehtimol 1/2 dinor qiymati bilan chiqarilgan. Vima Kadfiz davrida Kushon podsholigining siyosiy markazi Sugdda boʻlib, Hindistondagi mulklarni noiblar boshqargan. Vima Kadfiz zarb etgan tangalarning orqa tomonida hindlarning Shiva xudosi bilan buqazebu, oldi tomonida esa Vima Kadfizning mehrob oldida turgan surati aks etgan.


Lotin alifbosida maqola: VIMA KADFIZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MISR
KUSHON PODSHOLIGI
YAPONIYA
TOSHKENT
KUJULA KADFIZ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты