VINYOLA

VINYOLA (Vignola, asli fam. Barossi, Barozzi) Jakomo da (1507.1.10, Vinyola, Emiliya-Romanya — 1573. 7. 7, Rim) — italyan meʼmori. Soʻnggi Uygʻonish davri vakili, yirik nazariyotchi. Saroylar (Kapraroldagi Farneze saroyi, 1558—73), villalar (Rimdagi papa Yuliya III villasi, 1550—55), cherkovlar (Rimdagi Il Jezu cherkovi, 1568—84) qurilishida Uygʻonish davri meʼmorligi prinsiplarini barokko va klassitsizm elementlari bilan uygʻunlashtirgan holda yangi meʼmoriy qismlar yaratishga intilgan. Mikelanjelo vafotidan soʻng (1564) Rimdagi avliyo Petr sobori qurilishiga rahbarlik qilgan. «Meʼmorlikning besh order qoidalari» nomli mumtoz traktat muallifi (1562). Vinyola ijodi meʼmorlikda barokko uslubini shakllanishida muhim rol oʻynagan.


Lotin alifbosida maqola: VINYOLA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITALIYA
Rob Zombie - Burn
FRANSIYA
KLASSITSIZM
UYGʻONISH DAVRI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты