VIRGATSIYA

VIRGATSIYA, burmalar virgatsiyasi (lot. virga — tarmoqlanish) (geol.) — togʻ jinslari burmalarining yelpigʻichsimon tarmoqlanishi. Virgatsiya, odatda, burmalangan zonaning choʻkishidan va burmalanishning tugallanishidan paydo boʻladi. Virgatsiyani fanga E. Zyuss( 1885) kiritgan. Virgatsiya, odatda, burmalangan togʻ tizmalarining tugayotgan joylarida yaqqol koʻrinadi. Virgatsiyaga Shim. Tyanshanning garbiy chekkasidagi Chu-Ili, Karatov va Chatqol tizmalarining yelpigʻichsimon burmalari, HisorOlay togʻ sistemasining gʻarbidagi Nurota togʻlari, Tojikiston depressiyasi va Darvoz burmalarining yelpigʻichsimon tarmoqlanishi misol boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: VIRGATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOJIKISTON
NUROTA TOGʻLARI
YER
TYANOʻPAN
TOJIKISTON DEPRESSIYASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты