VISKOZIMETR

VISKOZIMETR (lot. viscosus — qovushoq va…metr) — suyuqlik va gazlarning qovushoqligini aniqlaydigan asbob (q. Qovushoqlik). Kapillyar, rotatsion, sharchali, ultratovush V. lari keng tarqalgan. Kapillyar Viskozimetrning ishi ingichka dumaloq naycha (kapillyar)dan maʼlum hajmli (miqdorli) suyuqlik yoki gazni oʻtkazib koʻrishga asoslangan. Rotatsion Viskozimetrda sinaladigan qovushoq modda ikki oʻqdosh jism (silindrlar, konuslar, sferik jismlar) orasidagi tirqishga solinadi. Jismlardan biri (rotor) aylanadi, ikkinchisi qoʻzgʻalmay turadi. Qovushoqlik burovchi momentga (burchak tezligi maʼlum) yoki burchak tezligiga (burovchi moment maʼlum) qarab aniqlanadi. Sharchali Viskozimetrda qovushoqlik sinalayotgan modda ichida sharning harakatlanish tezligiga qarab aniqlanadi. Ultratovush Viskozimetrning ishi magnitostriksion materialdan yasalgan va sinalayotgan modda ichiga solingan plastinka tebranishlarining modda ichida soʻnish tezligini oʻlchashga asoslangan. Bu V. lar qovushoqlikni dinamik (Pas.) va kinematik (m2/s) qovushoqlik birliklarida ifodalashga imkon beradi. Suyuqliklarning qovushoqligini shartli birliklarda oʻlchashga imkon beradigan Viskozimetr ham bor. Bunday Viskozimetr darajalarga boʻlingan naychali idishdan iborat. Bunday Viskozimetrda qovushoqlik muayyan vaqg mobaynida naychadan oqib oʻtgan suyuqlik hajmiga qarab aniqlanadi. Bunda qovushoqlik sekund (s)da va Engler gradusidya oʻlchanadi.


Lotin alifbosida maqola: VISKOZIMETR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SFERIK GEOMETRIYA
FIZIKA
KAPILLYAR HODISALAR
VISKOZIMETRIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты