TUPIGUARANI TILLARI

TUPIGUARANI TILLARI — Jan. Amerikadagi indeys tillarining eng yirik oilalaridan biri. Braziliya, Paragvay va Boliviyada, qisman Argentina va Gvianada tarqalgan 50 dan ortiq tilni qamrab oladi. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 4 mln. ga yaqin kishini tashkil etadi. Tupiguarani tillari oilasi 7 asosiy guruhga boʻlinadi: tupiguarani, yuruna, arikem, tupari, ramarama, monde va purubora. Ushbu tillar fonologik tizimi unli tovushlarning ketma-ket kelishi kam uchrashi bilan ajralib turadi. Tupiguarani tillari t . morfologiyasi agglyutinativ xususiyatga ega, suffiksatsiyaga nisbatan prefiksatsiya rivojlangan. Otlarda soʻz oʻzgarishi chegaralangan, kelishik bilan oʻzgarish mavjud emas. Ot yasalishi feʼl yasalishiga qaraganda ustunlik qiladi. Sintaksisda feʼl kesim keng qoʻllanadi. Soʻz tartibi subyekt—obyekt — predikat koʻrinishda boʻladi. Leksikasida ispan tilidan oʻzlashgan soʻzlar koʻp.

Dastlabki yozma yodgorliklari 17-a. boshlariga mansub (guarani tilidagi kattagina matn 1607-y. da lotin grafikasida yozilgan). Tupi tili uchun ham lotin grafikasi asosida yozuv yaratilgan. 20-a. oʻrtalarida Braziliyadagi ushbu oilaga kiruvchi bir qancha mayda tillar uchun yozuv yaratish yoʻlidagi urinishlar kutilgan natija bermadi. Tupiguarani tillarini oʻrganish 16—17-a. larda boshlanib, tupi, guarani, mekens, siriono, kokama, kamayura tillari boshqalariga nisbatan yaxshiroqoʻrganilgan.


Lotin alifbosida maqola: TUPIGUARANI TILLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BRAZILIYA
ARGENTINA
YER
JAHON TILLARI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты