VODOROD GENERATORI

VODOROD GENERATORI — kvant generator. Vodorod atomlari dastasi yordamida ishlaydi. Oʻta yuqori chastotalar diapazonida juda barqaror elektromagnit tebranishlar manbai hosil qilish uchun ishlatiladi. Vodorod generatorida vodorod atomlari vodorod molekulalaridan elektr razryadi vositasida olinadi, unda atomlar manbaidan tashqari saralovchi magnit tizim, rezonator va ftoroplast yoki teflondan yasalgan maxsus yigʻuvchi kolba boʻladi. Vodorod atomining spektral chiziqlari oddiy (toʻlqin uzunligi X=21 sm) boʻlgani uchun Vodorod generatorida ammiakli molekulyar generatorga (X=1,26 sm) nisbatan spektr chiziqlarining kengligini aniqroq oʻlchash mumkin.


Lotin alifbosida maqola: VODOROD GENERATORI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FIZIKA
KVANT GENERATOR
MAYDON KVANT NAZARIYASI
YER
LAZER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты