VOYNICH

VOYNICH (Voynich) Etel Lilian (1864. 11.5, Kork, Irlandiya—1960. 28.7, Nyu-York) — ingliz adibasi. Berlindagi oliy musiqa maktabini tugattan (1885). 1887—89 y. larda Rossiyada yashagan. 1920 y dan AQSHda. Italiya xalq ozodlik harakati (1830—40) ga bagʻishlangan «Soʻna» (1897) romani yozuvchiga xalqaro shuhrat keltirdi. Voynichning «Jek Reymond» (1901), «Oliviya Latam» (1904), «Uzilgan doʻstlik» (1910), «Poyabzalingni yech» (1945) romanlari Italiya, Rossiya, Polsha xalqlarining inqilobiy kurashi haqida. «Soʻna» romani Mirzakalon Ismoiliy tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1956).


Lotin alifbosida maqola: VOYNICH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IRLANDIYA
ROSSIYA
ITALIYA
POLSHA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты