TURNEPS

TURNEPS, xashaki sholgʻom (Brassuca gara gara) — karamdoshlar oilasiga mansub ikki yillik oʻsimlik, yemxashak ekini. Yevrosiyoda yovvoyi turidan kelib chiqqan. Yer sharining barcha dehqonchilik mintaqalarida faqat ekma holida tarqalgan. Ekilgan yili ildiz boʻgʻizi barg bandlari hamda yirik ildizmeva hosil qiladi. 2yili ekilgan ildizmevaning bosh qismidagi kurtaklardan gulpoya, toʻpgul va urugʻli mevalar rivojlanadi. Mevasi koʻp urugʻli koʻzoqcha, urugʻi mayda, rangi qora yoki jigarrang, 1000 dona urugʻi vazni 2,5—3,0 g. Ildizmevasi va bargi sershira, mineral tuzlar va vitaminlarga boy. 100 kg ildizmevasida 9 ozuqa birligi va 0,7 kg hazm boʻluvchi protein, 100 kg poyasida 11,4 ozuqa birligi, 1,8 kg hazm boʻluvchi protein bor. Sovuqqa ancha chidamli. Turneps urugʻi Oʻzbekiston sharoitida erta bahorda va takroriy ekin sifatida yezda keng qatorlab ekiladi. Urugʻlik ekish meʼyori 2,3—3,5 kg/ga, chuq. 1,5—2,5 sm. Qator orasi 60,70, 90 sm. Ildizmeva hosildorligi 400—500 s/ga (sugʻoriladigan yerlarda 1000 s/ga va undan yuqori), barg xrsildorligi 150—200 s/ga.


Lotin alifbosida maqola: TURNEPS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
BEDA
XITOY
LAVLAGI
MINERAL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты