VOLTA

VOLTA (Volta) Alessandro (1745.18.2-Komo – 1827.5.3) – italyan fizigi va fiziologi. Ilmiy ishlari elektr, kimyo va fiziologiyaga doyr. Elektr asboblari (elektrofor, elektrometr, kondensator, elektroskop va b.)ni ixtiro qilgan. Volta 1775-y. da yonuvchi gaz — metanni topgan, L. Galʼvani kashf qilgan «jonli elektr»ga qiziqib qolib, bu borada tajribalar oʻtkazgan. Volta 1800-y. da birinchi oʻzgarmas tok manbai — Volta ustunini kashf qilgan, har xil metallar bir-biriga tekkanda elektrlashib qolishini aniqlagan va ular orasida paydo boʻladigan kuchlanish qiymati boʻyicha joylashtirib chiqqan. Elektr kuchlanish birligi (volt) V. nomi bilan atalgan.

Volta hayvonlar bilan qiyosiy-fiziologik tajribalar oʻtkazib. nerv tolalari, ichaklar va oshqozonning mushaklar va skeletga nisbatan elektr tokini koʻproq oʻtkazishini kuzatgan. U odamning koʻrish va taʼm bilish organlari elektrdan qoʻzgʻalishini aniqlagan.


Lotin alifbosida maqola: VOLTA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIMYO
YER
ELEKTR
ITALIYA
NERV SISTEMASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты