VOLFRAM KARBID

VOLFRAM KARBID, WC — volfram monokarbid, kulrang, geksogonal panjarali kristall modda. osmodifikatsiyasi barqaror boʻlib, 2525° dan yuqorida (5-WC kubsimon panjarali kristall holatga oʻtadi, 2720° da parchalanadi. Zichligi 15,6 g/sm3, Moos shkalasi boʻyicha qattiqligi 9. Havoda 430° gacha barqaror, 800—1200° da WO3 gacha oksidlanadi. Nitrat va sulfat kislotalar b-n, xlorid va nitrat kislotalar aralashmasi (3:1) bilan birga qaynatilganda reaksiyaga kirishadi. Vodorod atmosferasida, ayniqsa suv bugʻlari ishtirokida qizdirilganda tarkibidagi uglerod mikdori keskin kamayadi. 500° dan yuqorida xlor bilan birikadi. Volfram karbid volfram bilan uglerodni vodorodli muhitda 1430— 1630° da qizdirib olinadi. Uni (WCO)6 ni 1030°da parchalab, volframat kislota, WO3 ga 900—1000° da vodorod va metan gazlarini taʼsir ettirib olish ham mumkin. Volfram karbid metallokeramika qattiq qotishmalarining asosini tashkil qiladi. U choʻyan, poʻlat, latun, sopollarga ishlov beradigan asboblar tayyorlashda, metallar yuzasining ishqalanishiga chidamli krplamasi katalizator sifatida koʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: VOLFRAM KARBID haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KALSIY
TEMIR
UGLEROD
VOLFRAM
NATRIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты