VOHON TILI — vohonlar tili. Panj daryosining boʻylarida — Tojikiston va Afgʻonistonda hamda Sharqiy Turkistonda, qisman Pokistonda tarqalgan. Hind-yevropa tillari oilasining Hind-Eron tillari guruhiga mansub. Sarikoʻl, ishkoshim, yatnob, yazgʻulom, shugʻnon, rushan kabi hoz. mavjud kichik xalqlar tillari bilan aloqador. Sharqiy eroniy tillardan sugʻd, sak, toxar, xorazmiy tillari oʻzbek tilining shakllanishida katta ahamiyat kasb etgan substrat tillar boʻlib,ular hoz, oʻlik tillar sanaladi. Oʻzbek tilining sharqiy eroniy til substratini oʻrganishda, yuqoridagi oʻlik tillardan tashqari V. t. ning ham ahamiyati katta. Vohon tilining oʻzbek tili b-n aloqasi bir necha ming yillikdir. Vohon tilining oʻzbek tiliga aloqasini koʻrsatuvchi otlardagi koʻplik shakli — ыsh (vrыt — «birodar», vrыtыsh — «birodarlar»), kishilik olmoshi (oʻzbek shevalarida «oʻzim»). V. t. Oʻz yozuvi va adabiy tiliga ega emas. Shuning uchun bu tilda oʻzbek tilidagi sharqiy eroniy tillar b-n mushtarak boʻlgan soʻzlarning qad. shakli koʻp uchraydi: kalava — kalla, baf — bop (menbop, boplamoq).
Ad.: Gryunberg A. L., Steblin-Kamenskiy I. M., Yazыki Vostochnogo Gindukusha: Vaxanskiy yazыk, M., 1976. Paxalina T. N., Vaxanskiy yazыk, M., 1975.