TOʻRA

TOʻRA, toʻru (tora, toru) — 1) qonun, qoida, intizom, urfodat. Qad. turkiylar ijtimoiy hayotini tartibga solgan majburiy qoida (norma)lar majmui. Turkiy davlatlarda hukmdorning burch va majburiyatlari, vazifasi, shuningdek, jamiyatdagi huquq va jazoni belgilash Toʻra asosida amalga oshirilgan. Toʻra soʻzi «qonun» maʼnosida ilk bor xitoy yilnomalarida (4-a.) uchraydi. Shuningdek, UrxunEnisey bitiktoshlarida Turk xoqonligining qonunlari sifatida tilga olinadi. Bilga xoqon bitiktoshida «toʻy marosimi» maʼnosida qayd etilgan. Chingizxon tomonidan joriy etilgan koʻchmanchilarga xos huquqiy odatlar ham qad. turkcha Toʻra asosida belgilangan. Moʻgʻul davlatining qonunqoidalari Chingizxon yasosida, Temuriylar saltanati tartibintizomlari esa, «Temur tuzuklari»da oʻz ifodasini topgan;

2) janob, shahzoda maʼnosida ishlatilgan. Ota tomonidan Muhammad paygʻambar avlodlari, ona tomondan esa Chingizxon avlodlari — oqsuyaklar toifasidan boʻlganlar Toʻra deb atalgan;

3) Buxoro amirligi va xonligida amir va xon oʻgʻillari hamda Turkistonda rus podshosi maʼmurlari ismsharifiga qoʻshib aytilgan atama;

4) qad. davrlarda urushlarda ishlatiladigan, odam boʻyi keladigan qalqon.


Lotin alifbosida maqola: TOʻRA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TEMURIYLAR
XX asr boshida Turkiston...
AMIR TEMUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты