XALS

XALS, Gals (Hals) Frans (taxm. 1581—85, Antverpen — 1666.28.6, Xarlem) — golland rassomi, portret ustasi; Yevropa realistik sanʼatining yirik namoyandasi. X. ijodida burjua inqilobi gʻalabasidan keyin yuzaga kelgan golland sanʼatiga xos boʻlgan koʻtarinkilik, hayot zavqi va demokratizm oʻz aksini topgan; rassom boʻyoq dogʻlarini erkin qoʻllash orqali inson ruhiyatini tasvirlash koʻlamini kengaytirdi, koʻproq tasvirlanayotgan shaxsning ichki ruhiyatidagi yorkin lahzani badiiy muhrlashga intildi. 20-y. larda portretlar bilan bir qatorda janrli lavhalar ham yaratdi, muqaddas zotlar real hayotdan olingan oddiy odamlar qiyofasida tasvirlandi («Yevangelist Luka», «Yevangelist Matfey», taxm. 1623—25 y. lar), golland jamiyatidagi ijtimoiy tiplar obrazlari galereyasi yuzaga keldi («V. van Xeytxeyzen», taxm. 1625—26; «Loʻli», «Mulat», taxm. 1630 va b.). Guruh portretlar ustida izlangan rassom tasvirlariga hayotiylik va haqqoniylik baxsh etdi («Avliyo Adrian oʻqchilar rotasi zobitlari guruh portreti», 1633; «Avliyo Georgiy oʻqchilar rotasi zobitlari», 1639 va b.). 40-y. lardan portretlarida psixologik holatlar chuqurlashdi («Avliyo Yelizaveta kasalxonasi regentlari», 1641), asarlari koloritida kumusheimon kulrang tuslar ortib bordi. Soʻnggi davrlarda yaratilgan oq va qora ranglar keskinligiga asoslangan asarlarida chorasizlik va tushkunlik kayfiyatlari koʻzga tashlanadi («Qariyalar uyi regentlari», 1664). X. ijodi Gʻarbiy Yevropa realistik sanʼatining choʻkqilaridan biri boʻlib qoldi. Shogirdlari orasida A. Brauer, akauka A. va I. Ostadelar, Ya. Sten va b. bor. Asarlarinint koʻp qismi Xarlemdagi X. muzeyida sakdanadi.


Lotin alifbosida maqola: XALS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
PORTRET
XITOY
ITALIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты