XALSIDLAR

XALSIDLAR (Chalcidoidea) pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlarning katta oilasi. 27 oila, 8 mingga yaqin turi mavjud. Tanasining uz. 1—3 (ayrimlariniki 10)mm. Rangi yashil, qora yoki sariq boʻlib, tovlanadi. Moʻylovi kamida 15 boʻgʻimdan iborat. Odd yelka, odatda, qisqa, qanot qopqogʻiga yetmaydi. Oʻrta yelkasi baʼzan boʻylama egatli. X. turli hasharotlar — koksidlar, oʻsimlik bitlari (shiralar), ikki qanotlilar va b. ning ichki yoki tashqi parazita. X. orasvda ikkilamchi parazitlar, yaʼni foydali birlamchi parazitni nobud qiladigan parazitning parazitlari (oʻta parazitlari) ham bor. Lichinkalari parazitlik qilib yashaydi. Rivojlanishning turli fazasidagi hasharotlar xoʻjayinlik vazifasini oʻtaydi. Parazit, odatda, xoʻjayinga tuxum qoʻyadi. Mavsumda 7 avlod beradi. X. dan koʻpgina q. x. zararkunanda hasharotlariga qarshi biologik kurashda foydalaniladi. Ayniqsa, Xalsidlardan afelinus va trixogramma katta amaliy ahamiyatga ega.


Lotin alifbosida maqola: XALSIDLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты