YOʻRMA

YOʻRMA — badiiy chok turi; kashtadoʻzlirda zanjirsimon koʻrinishga ega. Igna, ilmoqli bigiz bilan tikiladi. Yoʻrma chokida tikilganda matoning oʻng tomonida halqalar zanjiri, teskari tomo-nida esa toʻgʻri chiziqlar hosil boʻladi. Ilmokli bigiz bilan kashta tikayotganda matoning eng quyi qismidan boshlab yuqoriga tomon tikiladi. Dastlab bigiz sanchilib matoning orqa tomoniga oʻtkaziladi, unga kashtadoʻz orqa tomonidan bir qoʻl b-n tutib turgan ipni ilintirib ipni matoning oʻng tomoniga chiqaradi, bigiz yana sanchiladi, mato yuzasida halqa hosil boʻladi… shu tarzda halqalar zanjiri vujudga keladi. Igna bilan tikkanda yuqoridan pastga tomon tikiladi. Ignaga oʻtkazilgan ip mato yuzasida bir qoʻl bilan ushlab turiladi, sanchilib chiqqan igna b-n halqa hosil qilinadi. Yoʻrma choki bilan koʻpgina jiyaklar, bezak buyumlarning hoshiyalari, shuningdek, katta kashtalarning ayrim qismlari tikiladi. Yoʻrma choki tikuv mashinada qam tikiladi, mashina choki popur nomi bilan mashhur. Buxoro, Samarqand, Qashqadaryoda kashtalarning asosiy qismi shu chokda tikiladi.


Lotin alifbosida maqola: YOʻRMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
CHOK
BUXORO VILOYATI
AMALIY SANʼAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты