XALQARO OLIMPIADA QOʻMITASI

XALQARO OLIMPIADA QOʻMITASI (XOQ) — olimpiada harakatining oliy rahbar organi; hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro sport tashkiloti. 1894-y. P. De Kuberten tashabbusi bilan Olimpiada oʻyinlari oʻtkazishni boshqarib turish, bu oʻyinlarning ijtimoiy ahamiyati va obroʻsini koʻtarish, havaskorlik sportini rivojlantirishga va barcha mamlakatlar sportchilari oʻrtasida doʻstlikni mustahkamlashga koʻma«klashish maqsadida tuzilgan. XOQ — doimiy ishlaydigan tashkilot, oʻz aʼzolarini turli mamlakatlardagi sport harakatining eng faol tashkilotchilari orasidan tanlab oladi. XOQ ijroiya qoʻmitasi prezident (8 yil muddatga saylanadi), uch vitse prezident va 5 nafar aʼzodan iborat. Olimpiada oʻyinlari xartiyasi — XOQnint ustav hujjatidir. XOQ sessiyalari har yili oʻtkaziladi, olimpiada oʻyinlari boʻladigan yillarda — ikki marta: yozgi va qishki oʻyinlar vaqtida oʻtadi. Olimpiada oʻyinlari vaqtida XOQ musobaqalarni oʻtkazishga rahbarlik qilish huquqini Xalqaro sport federatsiyalariga beradi. olimpiada qoʻmitalarini (shu jumladan, 1993-y. Oʻzbekiston milliy olimpiada qoʻmitasini) tan olgan. XOQ qarorgohi Lozanna (Shveysariya) sh. da joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: XALQARO OLIMPIADA QOʻMITASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
XX asr boshida Turkiston...
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты