XALQLAR DOʻSTLIGI SAROYI

XALQLAR DOʻSTLIGI SAROYI — Toshkent sh. dagi madaniyat markazlaridan biri; turli tadbirlar (syezd, qurultoy, festival va b.) oʻtkazish, konsertlar berishga moʻljallangan. 1981-y. da ochilgan (meʼmori Ye. Bukina, S. Odilov, Ye. Rozanov, Ye. Suxanova, F. Tursunov, V. Shestopalov, Ye. Shumov va b.). Bino qiyofasi va bezaklarida milliy meʼmorlikka xos boʻlgan muqarnasga oʻxshash shakllardan foydalanilgan; binoni bezashda mahalliy xom ashyolar, Nurota va Gʻozgʻon marmarlari ishlatilgan. Bino tarhi toʻrtburchak shaklda, tarzlariga ishlangan quyosh nurini toʻsadigan jimjimador shakllar binoga salobat, kiraverishdagi bal. peshtoqlar koʻrk baxsh etgan. Bino tepasiga sirti marmar bilan qoplangan muqarnasni eslatuvchi yirik yigʻma temirbeton qurilmalar oʻrnatilgan. Bino mujassamoti markazida balkonli, amfiteatr shaklidagi 4 ming oʻrinli zal turadi (bir oz qiyaroq yon devorlari tomoshalarni yaxshi koʻrish hamda eshitish imkonini beradi). Sahna maxsus qurilmalar (koʻtarilibtushiriladigan supalar, prezidium, sahna va xor supalarini sahnada siljitishga imkon beradigan transportyor, dekoratsiyalarni koʻtaribtushiradigan shtanketlar, keng formatli ekran) bilan jihozlangan. Zalda kinotovush texnikasi hamda matnni bir yoʻla 8 tilga tarjima qilish apparatlari, maxsus texnologik aloqa tizimi bor. Vestibyul tabiiy toshlardan ishlangan «Xalqlar doʻstligi», «Bayram», «Gullagan oʻlka» mozaikalari (rassom A. Buxorboyev) bilan bezatilgan. Prezidium zali gobelen (rassom B. Jalolov), tomosha zali «Sanʼat» mozaikasi (rassom V. Burmakin, R. Nemirovskiy), yogʻoch oʻymakorligi (usta Q. Haydarov, O. Fayzullayev), banket zali bezaklari (rassom J. Hakimov, A. Ilhomov), yon devorlari sopol laganlar (rassom A. Kedrin) bilan ziynatlangan. Feruza rangli ulkan koshinkori (Toshkent chinni zavodida tayyorlangan) devor saroy interyeriga alohida joziba baxsh etgan.


Lotin alifbosida maqola: XALQLAR DOʻSTLIGI SAROYI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты