XARAKIRI

XARAKIRI (yaponcha xara — qorin va kiri — yormoq, kesmoq) — Yaponiyada qornini yorib tashlash orqali shaxsning oʻz joniga qasd qilishi. Oʻrta asrlardan maʼlum. Samuraylar orasida qabul qilingan boʻlib, hukmga binoan yoxud ixtiyoriy suratda (samurayning oʻz homiysi, xoʻjayiniga sadoqat belgisi sifatida, samurayning «ornomusi toptalgan» chogʻda va b. holatlarda) amalga oshirilgan. 2-jahon urushida Yaponiya yengilgach (1945-y. avg.), bir qancha yapon soldat va zobitlari ittifoqchi qoʻshinlarga asir tushmaslik uchun Xarakiriga amal qilib, oʻzlarini oʻldirganlar. Hoz. Yaponiyada X. hodisalari kam uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: XARAKIRI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
SAMURAYLAR
XITOY
IKKINCHI JAHON URUSHI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты