YALANG XALTALI ZAMBURUGʻLAR

YALANG XALTALI ZAMBURUGʻLAR — askomitsetlar sinfiga mansub zamburugʻlar kenja sinfi. Koʻpchilik Yalang xaltali zamburugʻlar bir hujayrali, kurtaklanish yoki boʻlinish orqali koʻpayadi; ayrim turlarida kuchsiz rivojlangan mitseliy boʻladi. Askirlari kurtaklanadigan hujayraning oʻzida yoki bevosita mitseliyda hosil boʻladi; mevali tana hosil boʻlmaydi. 2 qabilasi (endomitsetsimonlar va tafrinsimonlar), 350 ga yaqin turi bor. Endomitsetsimonlarga achitqichlar guruhi kiradi; aski zigotadan askogen giflari ishtirokisiz rivojlanadi. Tafrinsimonlarda dikariontik stadiyasi ustunlik qiladi. Tuproqda, mevalar sirtida va boshqalar shakarga boy substratlarsa uchraydi; oʻsimliklarda parazitlik qilib (asosan, tafrinsimonlar), toʻqimalarda gipertrofiya paydo qiladi.


Lotin alifbosida maqola: YALANG XALTALI ZAMBURUGʻLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KURTAKLANISH
GIPERTROFIYA
YAPONIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты