XARAXOTO

XARAXOTO (moʻgʻulcha — Qora shahar) — Edzina (yoxud Xeyjunchen) shaharqalʼa xarobasi, Gʻarbiy Sya davlatining EdzinGol daryosi quyi oqimi boʻyidagi harbiy okruglaridan birining markazi. Dastlab 11-a. boshidagi yozma manbalarda qayd etilgan. 1226-y. Chingizxon tomonidan vayron qilingan. P. K. Kozlov boshchiligidagi rus arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan (1908, 1909, 1926-y. larda) tadqiq etilgan. Toʻgʻri toʻrtburchak tarxli (440×360 m) shahar — burj, minoralari, istehkomlari, suburganlari (buddaviy diniy inshootlar) boʻlgan paxsa devor bilan oʻralgan. Doʻkon, ustaxona, turar joy, omborxonalar xarobalari saqlangan. Shahar atrofida ekinzorlar, sugʻorish kanallari, chorbogʻlar joylashgan. Koʻplab mehnat qurollari, hunarmandchilik buyumlari, turli hujjatlar, xitoy tangalari, Yuan sulolasi tomonidan jahonda ilk marotaba chiqarilgan qogʻoz pullar topilgan. Suburganlardan birida Budda diniga oid buyumlar (gravyura, haykallar), tangut, tibet, xitoy tillarida bitilgan 2000 jilddan ziyod kitoblar va qoʻlyozmalar, tangut yozuvini oʻqishda asos boʻlgan tangutxitoy lugʻati va b. chiqqan. Xaraxoto topilmalari SanktPeterburgdagi Davlat Ermitajida sakdanadi.


Lotin alifbosida maqola: XARAXOTO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O'rta Osiyoning qadimgi tarixining Xitoy manbalarida yoritilishi
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты