YALANGTOʻSHBIY BAHODIR

YALANGTOʻSHBIY BAHODIR Saidqul oʻgʻli, Yalangtoʻshbiy, Yalangtoʻshbiy otaliq (1576.15.9, Nurota — 1656, Samarqand) — ashtarxoniylar davridagi harbiymulkdor zodagonlarning yirik vakili. Olchin qabilasidan. Samarqand hokimi (1626-yildan). Nurota hokimi oilasida tugʻilgan. Yalangtoʻshbiy bahodir Buxoro xoni Abdullaxon II huzuriga kelib, maxsus harbiy maktabda oʻqigan (1590— 93). Bulungʻur, Loyish, Kattaqoʻrgʻonda tumanboshi lavozimida ishlaydi (1593— 95). Imomqulixon daʼvati bilan Buxoroga kelib, Bagʻdodga oʻqishga yuboriladi (1595-98).

1611 yil Imomqulixonni taxtga oʻtqazishda faol qatnashgan. Shundan soʻng Yalangtoʻshbiy bahodirning mavqei ortgan, u Samarqandni 1626-yildan amalda mustaqil idora eta boshlagan. Unga otaliq unvoni berilgan. Yalangtoʻshbiy bahodirning oʻz qoʻshini boʻlib, atrofdagi tumanlarga bosqinchilik yurishlari natijasida juda katta moddiy mablagʻ toʻplagan. Yalangtoʻshbiy bahodir Buxoro xonligining barcha harbiy amaliyotlarida faol ishtirok etgan. Chunonchi, 1623-yil va 1631-yil Eron . qoʻshinlari Balx viloyatiga kelganida»ʻ Balx hokimi Nadr Muhammadxonga Yalangtoʻshbiy bahodir boshchiligida katta qoʻshin yordamga kelgan.

1640-yil Imomqulixon Moskvaga elchilar orqali noma yoʻllab, unda Rus davlatini qalmiqlarga qarshi qurashida Yalangtoʻshbiy bahodir boshchiligida 12 amir va katta qoʻshin yuborishga tayyor ekanligini bildirgan. 1642-yil Imomqulixonning koʻzi koʻr boʻlib qolganda Yalangtoʻshbiy bahodir va boshqalar amirlar Balxdan Nadr Muhammadni keltirib taxtga oʻtqazishgan. Nadr Muhammad Ya. b. ga Kobul atrofidagi DaraiSuf viloyati, Moʻlgʻon, Kahmerdni hamda tulkichi, sayqanchi, zirangi, kilachi, hazoranikudariy qabilalarini oʻtovlari bilan qoʻshib iqto tarzida inʼom etgan. Yalangtoʻshbiy bahodir mamlakatda xondan keyin eng badavlat shaxs boʻlgan. 1645-yil Yalangtoʻshbiy bahodir Buxoroda Nadr Muhammadxon bilan janjallashib qolib, xonga qarshi Xoʻjandda koʻtarilgan amirlar isyoniga boshchilik qilgan. Isyonchilar Buxorodan isyonni bostirish uchun yuborilgan Abdulaziz sultonni asir olib Buxoroga yurish qilishgan. Buxoroning gʻarbidagi Oqtepa mavzeida ular Abdulazizni xon deb eʼlon qilib, soʻngra poytaxtni qamal qilishgan. Nadr Muhammadxon 3 oylik qamaldan soʻng shaharni tark etishga majbur boʻlgan. U boburiylardan Shoh Jahondan yordam soʻragan. 1646-yil Shoh Jahon Balxga kenja oʻgʻli Murodbaxiash katta qoʻshin bilan joʻnatgan. Bu qoʻshin Balx viloyatini himoya qilish oʻrniga uni bosib olgan. Boburiylar Balhda 2 yildan oshiq hukmronlik qilishgan, biroq u yerda mustahkam oʻrnasha olishmagan. 1648-yil yozida Abdulazizxon 200 ming kishilik qoʻshin bilan Balxga yurish qilib, boburiylardan bu viloyatni qaytarib olgan, bu qoʻshin tarkibida Yalangtoʻshbiy bahodir boshchiligidagi qoʻshin ham boʻlgan.

Yalangtoʻshbiy bahodir obodonchilik, qurilish ishlariga katta eʼtibor bergan, jumladan, Samarqandda Sherdor madrasa, Tillakori madrasa, Maxdumi Aʼzam masjidi, xonaqosi (1618) va boshqalar qurdirgan. Abu Tohirxojanit «Samariya»da yozishicha «Yalangtoʻshbiy bahodirning qabri Samarqand yaqinidagi Dahbedda, Maxdumi Aʼzamning oyogʻi ostida, sufa ustida, mozor devorining ichidadur». Ya. b. haqidagi xalq orasida koʻplab rivoyatlar, afsonalar (mas, «Yalangtoʻsh botir» hikoyasi) toʻqilgan.

Manba: Abu Tohirxoja, Samariya, T.. 1991.

Ad.: Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982; Axmedov B. A., Istorikogeograficheskaya literatura Sredney Azii XVI— XVIII vv., T., 1985; Istoriya Uzbekistana, t. 3, T., 1993.

Faxriddin Hasanov.


Lotin alifbosida maqola: YALANGTOʻSHBIY BAHODIR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
BUXORO XONLIGI
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
Qo'qon xonligining tugatilishi
Qo'qon xonligining tugatilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты