YALANGTOʻSHTEPA

YALANGTOʻSHTEPA — shahar xarobasi (mil. av. 2—1, mil. 7—8-asrlar). Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Oʻrgulsoy daryosining quruq oʻzani boʻyida. 1973-yilda E. V. Rtveladze tomonidan aniqlangan. Umumiy mayd. 30 ga. 3 qismga boʻlingan: qoʻrgʻon, shahriston va qabriston. Qoʻrgʻon toʻgʻri toʻrtburchak tarxli (110×100 m), devor va xandaq bilan oʻralgan. Qoʻrgʻonning jan. tarafida darvoza, burchaklarida yarim aylana shaklli minoralari bor. Kushon davriga oid sopol idishlar, terrakotadan yasalgan maʼbudaning boshi, arfa chalayotgan qiz haykalchasi topilgan.


Lotin alifbosida maqola: YALANGTOʻSHTEPA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
SURXONDARYO VILOYATI
KUSHON PODSHOLIGI
BOYSUN TUMANI
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты