YARIMTIRNOQ

YARIMTIRNOQ — zargarlik buyumi; Xorazm ayollarining chakka — quloqqa taqadigan taqinchogʻi. Yarimtirnoq mujassamotlaridan birining tuzilishi yuqori qismi 3 tishli (ikki ot oʻrtasida turgan onamaʼbuda), quyi qismi yarim oy yoki uyasida oʻtirgan qushchalar shaklidagi 2 zarhallangan kumush taxtachalardan iborat boʻlib, yuzasiga bezak toshlar yoki shisha koʻzlar qadalgan, ular atrofi bosma usulida mayda oʻsimliksimon naqshlar yoki chiziqlar bilan bezatilgan. Yarimtirnoqning yuqori qismiga ukpar qadash uchun naycha va ilgaklar ishlangan, quyi qismi esa yaproqcha, marjonlar terilgan shokilalar qatori bilan hoshiyalangan. Yarimtirnoq osmatuzi bilan birga ansambl hosil qiladi. Davr oʻtishi bilan Yarimtirnoq soddalashgan.


Lotin alifbosida maqola: YARIMTIRNOQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMALIY SANʼAT
SHISHA
YER
NAYCHA
XORAZM VILOYATI


Добавить комментарий