YASOVUL

YASOVUL, yasavul — oʻrta asrda turkiy va moʻgʻul xonliklaridagi saroy mansabi. Dastlab, Yasa koʻrsatmalariga asoslangan farmonlarni (hukmdor farmonlarini) ijro etuvchi mansabdor shaxs. Keyinchalik zimmasiga saroyda turli xildagi maʼmuriy-siyosiy mayda topshiriqlarni bajarish yuklangan kichik xizmatchi. Manbalarga koʻra, Yasovullar soliq toʻplash va olingan oʻljaning xonga tegishli qismini hisoblash bilan ham shugʻullanganlar. «Mehmonnomayi Buxoro» asarida aytilishicha, 1509 yil Shayboniyxon Arquqdan Turkistonning sharqiy tumanlariga tagʻor soligʻini yigʻish uchun Yasovullar joʻnatgan. Shuningdek, Shayboniyxon Hisorda boʻlgan chogʻda (1505-yil) Yasovullar tushgan oʻljadan xonga tegishli qismini xon qarorgoxiga keltirganlar, uni xon farmoniga koʻra Samarqandga joʻnatganlar.


Lotin alifbosida maqola: YASOVUL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
XX asr boshida Turkiston...
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Qo'qon xonligining tugatilishi
Qo'qon xonligining tugatilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты