XLORITOID

XLORITOID [xloritlar (minerallar)ga oʻxshash va yun. eidos — koʻrinish] — orolli silikatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi (Fe, Mg)2 (AlFe3+)Al3[SiOJ2O2(OH)4 Ottrelitda 16,6% gacha MpO bor. Monoklin yoki triklin singoniyada kristallanadi. Toʻgri tuzilgan kristallari kam uchraydi, koʻpincha varaqvaraq, tangasimon afegatlar shaklida tarqalgan. Rangsiz, yashilsargʻish, sariq, qoʻngʻirkoʻk, qoramtir koʻk; shishadek yaltiroq. Qattikligi 6,5, zi. chligi 3,5—3,8 g/sm3. Xloritlar va slyudalardan qattikligi, moʻrtligi va optik xususiyatlari bilan farklanadi. Baʼzi metamorfik slaneslar va kontaktli rogoviklarda jins hosil qiluvchi mineral hisoblanadi. X. najdak konlarida uchraydi. Korund, diaspor, xlorit, Margarit, kalsit, rutil va anataz bilan assotsiatsiyada topiladi. Oʻzbekistonda Nurota, Molguzar toglarida uchraydi. Abraziv xom ashyo sifatida ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: XLORITOID haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MINERAL
YER
NAJDAK
SLANESLAR
DIASPOR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты