YASHPAL

YASHPAL (1903.3.12, Firoʻzpur 1976.25.12, Laknav) — hind yozuvchisi. Hindiy tilida ijod qilgan. Milliy ozodlik harakatida qatnashganligi uchun bir necha bor qamalgan (1932 — 38). Dastlabki hikoyasi — «Qafasdan qutulish» (1939, qamoqda yozilgan). Yashpal hikoyalarida mamlakatdagi ijtimoiy nuqsonlar fosh qilingan. Yashpal «Xoin» (1943), «Bir partiyadagi oʻrtoq» (1946), «Insoniy qiyofa» (1949), «Amita» (1956), «Soxta haqiqat» (195860), «Oʻn ikki soat» (1963) kabi qissa va romanlarida hind xalqining mustaqillik yoʻlidagi kurash va yutuqlarini tasvirlagan. Yashpalning dastlabki romani «Xoin» da 2-jahon urushining boshlaridagi, fashistlar va mustamlakachilarga qarshi kurash kuchayib borayotgan davrdagi Hindiston aks etgan. Uning bosh qahramoni, harbiy gospital vrachi Khanna taqdir taqozosi bilan Samarqandga keladi, sanatoriyda ishlaydi, oʻzbek qizi bilan samimiy doʻstlashadi.

Yashpal pyesa, tanqidiy va publitsistik maqolalar ham yozgan. A. Muxtor, B. Kerboboyev va boshqalarning asarlarini hindiy tiliga tarjima qilgan. Panjob shtati adabiy mukofoti (1956) hamda J. Neru mukofoti laureati (1969). Asarlari koʻplab tillarda, jumladan, oʻzbek tilida nashr etilgan.

As: Kul bosgan choʻgʻlar, T., 1970.

Ad.: Chauxan Sh ., Ocherk istorii literaturm xindi, per. s xindi, M., 1960; Chel n sh ye v Ye ., Sovremennaya indiyskaya literatura, M., 1981.


Lotin alifbosida maqola: YASHPAL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HINDISTON
XITOY
FRANSIYA
IKKINCHI JAHON URUSHI
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты