YEVROPA VALYUTA BITIMI

YEVROPA VALYUTA BITIMI (European Monetary Agreement) — Yevropa toʻlov ittifoqiga aʼzo boʻlgan mamlakatlarning valyuta munosabatlari, qisqa muddatli kreditlash va koʻp tomonlama oʻzaro (hamkorlik) hisob-kitoblar boʻyicha hamkorlik bitimi. 1955-y. 5 avg. da tuzilib, 1958-y. dek. da (1950-y. da tuzilgan Yevropa toʻlov ittifoqi tugatilib, unga aʼzo boʻlgan koʻpgina mamlakatlarning valyutalari muomalaga kiritilgach) joriy etildi. Yevropa valyuta bitimining maqsadi koʻp tomonlama hisob-kitob ishlarini bajarish orqali iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish edi. 1973-y. ga kelib, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida boʻlgan Yevropa valyuta hamkorligi fondы tashkil etildi. Yevropa valyuta hamkorligi fondiga Direktorlar kengashi rahbarlik qiladi. Hisob-kitob ishlarini Bazeldagi xalqaro bank bajaradi.


Lotin alifbosida maqola: YEVROPA VALYUTA BITIMI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
FRANSIYA
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
XX asr boshida Turkiston...


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты