YEYILISH

YEYILISH — buyumlar sirtining oʻzaro ishqalanishi, tashqi muhitning bevosita taʼsiri tufayli ularning oʻlchamlari, shakli, massasi yoki sirtqi holatining asta-sekin oʻzgarishi. Mashina detallari, inshootlarning qismlari, kiyimlar va b. uchun Yeyilish ishqalanish sharoitiga, materialning xossasiga va buyumning tuzilishiga bogʻliq boʻladi. Tashqi taʼsirlarning tabiatiga koʻra buyumlarning sirtqi qatlamlari abraziv, mexanikaviy, kimyoviy oksidlanib, termik Yeyilish xillariga boʻlinadi. Abraziv Yeyilishga asosan ishqalanish sabab boʻladi. Mexanikaviy Yeyilishda ishqalanish, ezilish, toliqish natijasida buyum oʻlchamlari va massasi yoki ish sirtining holati oʻzgaradi. Kimyoviy, oksidlanib va termik Yeyilishda buyum ob-havo (yogʻingarchilik, haroratning keskin oʻzgarishi, chang) va yemiruvchi (oksidli va ishqorli) muhitlar taʼsirida korroziyalanib (metallda), eskirib yeyiladi. Yeyilish buyumlarning sifatini pasaytirishga, isteʼmol (ishlatish) qiymatini yoʻqotishga olib keladi. Mashina detallarining yeyilishini kamaytirish uchun maxsus moylar va surkov moylarini ishlatish, zanglashga chidamli materiallardan foydalanish va b. tavsiya etiladi. Buyumlar (mashina detallari va b. ishkalanuvchi buyumlar) materialining Yeyilishga qarshilik koʻrsata olish xususiyati yeyilishga chidamlilik deb ataladi. U ishlash jarayonida buyumning massasi kamayishi va oʻlchami kichrayib borishi bilan baholanadi.


Lotin alifbosida maqola: YEYILISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
ISHQALANISH
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты