YELBOʻGʻOZ

YELBOʻGʻOZ, tuxum istisqosi (Mola hydatidosa) — trofoblastik kasallik; xavfsiz oʻsma deb ham yuritiladi, chunki baʼzan ayrim bemorlarda Yelboʻgʻoz metastazi kuzatiladi. Yelboʻgʻoz oʻsishi homila tuxumining ilk muddatlarida sodir boʻlib, bunda xorion vorsinkalari uzum shingiliga oʻxshash pufakchalar toʻplamiga aylanadi. Homila tuxumi butunlay Yelboʻgʻoz pufakchalariga aylanishi yoki ayrim hollarda embrion saqlanib, platsenta Ye. ga aylanishi kuzatiladi. Baʼzan Yelboʻgʻoz pufakchalari bachadonning muskul (miometriy) kavatiga ham oʻsib kiradi va bachadon devorining sirtiga, shuningdek, atrofidagi toʻqimalarga ham oʻtishi (destruksion Yelboʻgʻoz) mumkin. Yelboʻgʻoz dastlab xuddi homiladorlikday kechsada, tezda kon keta boshlab, uzluksiz davom etadi. Bachadon homiladorlikning tegishli oyidagiga nisbatan kattaroq boʻladi; ona organizmi bilan homila orasidagi moddalar almashinuvi izdan chiqadi, koʻpincha homila nobud boʻladi. Ultratovush (UZI) apparati Yelboʻgʻozni oson aniqlash imkonini beradi. Yelboʻgʻozni oʻz vaqtida aniqlab oldini olish zarur, aks hrlda qon ketishi, infeksiya rivojlanishi, xavfli oʻsma (xorionepitelioma)ga aylanib ketishi mumkin. Davolash: bachadonni qirib tozalab Yelboʻgʻoz olib tashlanadi va ayol maʼlum muddatgacha tibbiy tekshiruvdan oʻtib turadi. Yelboʻgʻoz boʻlgan ayolga bir yilgacha takror homilador boʻlishiga ruxsat etilmaydi.


Lotin alifbosida maqola: YELBOʻGʻOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
YER
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
TUGʻRUQ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты