XORAZM RAQSI

XORAZM RAQSI — oʻzbek xalq raqs uslubi. Xorazm vohasida qadim zamonlarda shakllangan va asrlar davomida rivojlanib kelgan. Xorazm raqsida gavdaning beldan yuqori qismi orqaga tashlanganroq, kuraklar bir-biriga yaqin, tizzalar biroz egik, oyoq uchlari yonga ochilganroq boʻladi. Xotinqizlarda rasmiy holatda barmoq uchlari pastga qaratiladi, tirsaklar biroz bukiladi, yigitlarda qoʻllar choʻzilgan, tirsaklar toʻgʻri boʻlib, barmoqlar yuqoriga, kaftlari yonga qaratiladi. Xotinqizlar bilaklariga zang (mayda qoʻngʻiroqchalar) taqib oʻynaydilar. Boshlaridagi taqyatuzi, peshonalariga bogʻlangan manglay tuzi, koʻkraklariga osilgan shokilalar, quloqlaridagi sirgʻalar, bilaklaridagi bilaguzuklar ham raqs usullariga moye tushib, umumiy raqs obrazini yaratishga xizmat qiladi. Yigitlar ustiga toʻq rangli kamzul, boshlariga chugurma kiyib oʻynaydilar. Raqs jarayonida barmoklarni qarsillatib, gʻoz turib oʻynash, gavda, qoʻldastalarni titratish, yelka qoqish, choʻkka sakrash, qayrokdarda usul berish ayollar va erkaklar raqsiga birday xos. Xorazm raqsi harakatlarga boy. Bizgacha yetib kelgan «Chagʻalloq», «Norimnorim», «Aliqambar», «Orazibon», «Moʻri», «Xoʻbbimboy», «Shirinnovvot» oʻyinlari ijrosida oʻgʻlon raqqoslar va masxarabozlar oʻzini koʻrsatgan boʻlsa, «Ashshadaroz», «Maqom ufori» kabi raqslarda raqqosalar ustunlik qilgan. «Lazgi» raqs turkumi ijrosida erkak va ayol raqs ustalari birday mahorat bilan oʻynaydilar. Eng mashhur Onajon xalfa Sobirova (1885—1952) xalfa tomoshasi tarkibini saklash, garmon chalish va kuylash, raqqoslarni oʻynatishda, ayniqsa, xotinqizlar raqsini sahnaga olib chiqishda katta xizmat kilgan. S. Ollaberganova, R. Hakimova, R. Otajonovalar Onajon xalfa ansambli ishtirokchilaridir. Xorazm raqsi ijro uslubini, anʼanalarini, yangi ijtimoiy sharoitlarda saqlash va rivojlantirishda Qambar bola, Kanarak bola Saidov, Qodirbergan Otajonov, Karim Ollaberganov, Rimajon Matkarimova, Matlatif Saidov, Latif Zarifov, Xudoybergan toʻqtoʻq, Gavhar Matyoqubova va b. ning xizmatlari alohida. Xorazm raqsi uslubi Xorazm viloyat teatri, xalq ansambllari, «Oʻzbekraqs» birlashmasi tasarrufidagi «Lazgi» ansambli faoliyatida davom etib kelmoqda.

Ad.: Qilichev T., Xorazm xalq teatri, T., 1988; Avdeyeva L., Oʻzbek milliy raqsi tarixidan, T., 2001; Kari mova R., Oʻzbek raqslari, T., 2003.

Muhsin Qodirov.


Lotin alifbosida maqola: XORAZM RAQSI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XALQ IJODI
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
TOSHKENT
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты