YER KADASTRI KITOBI

YER KADASTRI KITOBI — yerga egalik qiluvchilarning asosiy yer hisobi hujjati. Yer kadastri kitobi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan shakl (forma)da yerga egalik qiluvchi tashkilot, korxona, muassasa, uyushma, kichik korxona, qoʻshma korxona, dehqon va fermer xoʻjaliklariga tuman yoki shahar hokimligi tomonidan beriladi. Yer kadastri kitobi yerga egalik qiluvchilar yoki yerdan foydalanuvchilarga muddatsiz, uzoq muddat yoki qisqa muddatga foydalanish uchun berilgan yerlarga boʻlgan huquklarni, yerlarning tabiiy va iqtisodiy bahosi, yer turlarining tarkibi hamda fuqarolar tomorqa yerlari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Yer kadastri kitobini toʻgʻri va oʻz vaqtida olib borish xujalik rahbari va yer tu-zuvchi mutaxassisga yuklatiladi. Yer kadastri kitobiga oʻz vaqtida oʻzgartirish kiritib borish, uni daxlsiz saqlash masalalarini tuman (shahar) yer resurslari xizmati boshligʻi nazorat qiladi.

Davlat Ye. k. k. 4 boʻlimdan iborat:

1) yer maydonlaridan foydalanish huquqiga egalikni roʻyxatga olish — tuman (shaxar) dagi yerdan foydalanuvchilarning nomi va egasi, egalik qilish huquqi va ijarasi, foydalanish muddati va maqsadi, yer uchastkasining joylashgan urni va maydoni, yer uchastkasining kadastr raqami, yerdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatning nomi, oʻrtacha tuproq bonitet bali va uning kadastr bahosi qayd etiladi;

2) yer maydonlari turlari soni — barcha yerdan foydalanuvchilar boʻyicha sugʻoriladigan ekin maydonlarining alohida hisobi, shuningdek shahar yerlarining tuman tarkibiga kirishi, davlat zaxira yerlariga kiruvchi shahar turidagi qoʻrgʻonlar qayd etiladi;

3) yer turlarining si-fati — madaniy-texnika, ozuqa ekin turlarining hosildorligini va yerlarning tuproq unumdorligiga koʻra tavsifi hisobga olinadi. Yer turlarining tafsiloti yerlarning sifat tafsiloti va qishloq xoʻjalik yer turlarining bonitet bali boʻyicha kadastr bahosi keltiriladi;

4) yer turlari — q. x. yer turlari (shudgor, koʻp yillik daraxtzorlar, yaylov va pichanzor yerlar, boʻz yerlar), oʻrmon yerlari va ularning tarkibiga kiruvchi yer turlarining nomlari hamda ulardan foydalanish maqsadiga oid izoh beriladi.

Yer kadastri kitobi yer uchastkasining mikdor va sifat holati hamda bahosi toʻgʻrisidagi axborot manbai hisoblanadi (yana q. Yer kadastri, Yerni iqtisodiy baholash).

Ad.: Yer munosabatlarini tartibga solishga doir qonun va meʼyoriy hujjatlar toʻplami [I qism], T., 2000.

Qosimjon Rahmonov.


Lotin alifbosida maqola: YER KADASTRI KITOBI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты