XOTUN

XOTUN, qatun — xoqon xotini va hukmdor ayolga nisbatan qoʻllanilgan turkiy unvon. Dastlab, hunlar davrida (mil. av. 3 — mil. 3-a. lar) qayd etilgan. Turk xoqonligi davrida (6—8-a. lar) xoqondan keyin 2darajada turuvchi unvon.

Xotunlar toʻra asosida xoqon bilan birgalikda hokimiyatni boshqarishgan. Tarixda turkiy hukmdorlarning bir necha xotini boʻlganligi, faqat ulardan biri — bosh X. boʻlganligi maʼlum. Xoqon vafot etganda oʻrnini egallaydigan oʻgʻli kichik yosh boʻlsa X. uning nomidan hokimiyatni boshqargan.

Harbiy safar chogʻida ham Xotunlar hukmdorlar yonidan joy olganlar, shuningdek, xukmdor saroyda boʻlmagan paytda saroyni boshqarib, elchilik hayʼatlarini qabul qilganlar.

Turk xoqonligi davrida unga boʻysunuvchi bir qator oʻlka, davlatlarda X. unvoni keng tarqalgan. Jumladan, Choch, Sugʻd, Buxoro, Toxariston, Zobuliston va Gandxarada ushbu unvon xukmdorlarning bosh xotiniga nisbatan qoʻllanilgan. Mas, xitoy va arab manbalarida qayd etilishicha, Choch vohasida 7—8-a. larda Xotunkat («Xotun shaxri») mavjud boʻlgan. Buxoroga 7-a. ning 80-y. larida arablar bostirib kirgan paytda ularga Buxorxudot va Xotun qarshi chiqqan. Arablar tomonidan Bidun oʻldirilgach, uning oʻgʻli Tugʻshoda yosh boʻlganligi sababli taxtga xotini Xutak xotun oʻtiradi. Shuningdek, 726-y. da Shim. Hindistonda boʻlgan xitoy sayyohi Xoy Chao bu yerdagi Gandxara oʻlkasini turkiy sulola boshqarganligi va hukmdorning ayoli katun (xotun) budda monastiri qurdirganligini qayd etgan.

7—8-a. larga taallukli sugʻdiy yozuvli qad. turkiy tangalar orasida qoʻshaloq tasvirli; oʻng tomonida hukmdor va malika tasvirlangan, orqa tomonida esa MRʻY (hukmdor) va a. ʻttwnh (xatun) unvoni zarb qilingan tangalar uchraydi. Ushbu tangalar, asosan, mamlakatimiz hududidan topilgan boʻlib, Sugʻd yoki Buxoroda hukmronlik qilgan turkiy sulolaga mansub hisoblanadi.

Xuroson, Movarounnahr, Sharqiy Turkistonda musulmon dini tarqalgach, turkiy sulolalarda ham ayollarning mavqei saqlanib qolgan va ular X. unvoni bilan davlat ishlarida katta oʻrin tutganlar. Jumladan, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Temuriylar va bir qator boshqa turkiy davlatlarda Xotun larning mavqei baland boʻlgan. Mac, Xorazmshohlar davlatini boshqarishda Muhammad Xorazmshoh onasi Turkon xotunnnng izmidan chiqmagan.

Ad.: Gumilev L. N., Drevniye tyurki, M., 1967; Abdurahmonov F., Rustamov A., Qadimgi turkiy til, T., 1982.

Gʻaybulla Boboyorov.


Lotin alifbosida maqola: XOTUN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TURK XOQONLIGI
XITOY
HARBIY SANʼAT
BUXORO XONLIGI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты