XRESTOMATIYA

XRESTOMATIYA (yun. chrestos — foydali va manthano — oʻqiyman) — taʼlimning biror sohasi boʻyicha muayyan ichki tamoyillar asosida tartib bilan berilgan oʻquv kitobi. X. oʻzbek tilida «majmua» deb ham yuritiladi. Ular ilmiy, badiiy, memuar, publitsistik asar yoki ulardan olingan parcha yoxud turli hujjatlardan iborat boʻlishi mumkin. Odatda, Xrestomatiyaga kiritilgan materiallar ayni turdagi maktabda oʻqitiladigan muayyan oʻquv predmetining maqsadiga muvofiq tarzda tanlanadi. Umumtaʼlim maktablari amaliyotida ijtimoiygumanitar yoʻnalishdagi deyarli barcha fanlar boʻyicha Xrestomatiyalar tuzish tajribasi mavjud. Ular oʻquvchilarda mustaqil oʻqish va ilmiy adabiyotlardan foydalanish malakasini shakllantirish jihatidan katta ahamiyat kasb etadi. «X.» atamasi ilk bor mil. 4-a. da yunon grammatigi Elladiy tomonidan yunon yozuvchilarining asarlaridan olingan parchalar toʻplamiga nisbatan qoʻllanilgan. Shundan buyen Yevropa taʼlim tizimida bu didaktik ashyodan foydalanib kelinadi. Kdd. Turkiston maktabxona va madrasalaridagi taʼlim jarayonida talabalarning mustaqil oʻqishi uchun foydalanilgan bayozu kulliyotlar ham oʻziga xos X. xdsoblangan. Oʻzbekistonda bevosita pedagogik maqsadda tartib bilan berilgan Xrestomatiyalar ilk bor 20-a. boshlarida Munavvar sori («Sabzavor»), Abdulla Avloniy («Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar»), Hamza («Yengil adabiyot», «Qiroat kitobi») va b. jadid maʼrifatchilari tomonidan yangi usul maktablari oʻquvchilari uchun tayyorlangan. 20-a. ning 20-y. lari oʻrtalarida chop etilgan Elbekning «Goʻzal yozgʻichlar», Choʻlponning «Adabiyot parchalari» singari majmualari toʻla maʼnodagi oʻquv Xrestomatiya laridir. 20-a. ning 50-y. laridan buyen maktab oʻquvchilari va oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun muntazam ravishda Xrestomatiyalar nashr qilib kelinadi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin ham umumtaʼlim maktablari va oliy oʻquv yurtlarida ukitiladigan ijtimoiygumanitar yoʻnalishdagi turli fanlardan Xrestomatiyalar tayyorlanmoqda. Xrestomatiyada berilgan matnlar, odatda, asari oʻrganilayotgan yozuvchi, faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot berilayotgan tarixiy shaxslar, tanishish uchun berilgan hujjatlar haqidagi maʼlumot hamda izohlar bilan taʼminlanadi. Xrestomatiyalar didaktik apparatining mukammalligi uning pedagogik jihatdan samaradorligini taʼminlaydi. X. materiallari tarixiyxronologik, mavzuviy yoki janriy xususiyatlariga koʻra joylashtiriladi. Xrestomatiyalar orasida adabiyot buyicha tuzilgan oʻquv majmualari alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ular oʻquvchilarga bevosita badiiy asar matni bilan tanishish imkonini berib, ularni mustaqil fikrlashga oʻrgatadi. UzR umumtaʼlim tizimi amaliyotida adabiyot Xlaridan foydalanish tajribasi keng yoyilgan. Adabiyot Xrestomatiyalari qaysi tamoyillarga koʻra tuzilgani, materiallar kanday asoslarda tanlangani va joylashtirilganiga koʻra umumlashtiruvchi, yoʻnalishli va tizimli singari turlarga ajratiladi. Umumtaʼlim maktablarining 5—7sinflarida umumlashtiruvchi, 8—9sinflarida yoʻnalishli, 10—11-sinflarida tizimli Xrestomatiya lardan foydalaniladi. Xrestomatiya larning hajmini belgilashda uning qaysi sinf oʻquvchilariga moʻljallangani va qaysi oʻquv faniga doyr ekanligi hisobga olinadi.

Qozoqboy Yoʻldoshev.


Lotin alifbosida maqola: XRESTOMATIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты