XUDOYORXON

XUDOYORXON (1831, Qoʻqon 1884, Karrux, Afgʻoniston) — Qoʻqon xoni (1845—75 ylar, tanaffuslar bilan). Ming sulolasiga mansub. Sheralixonnnyat oʻgʻli. Qaynotasi Musulmonqul tomonidan taxtga oʻtqazilgan. Ammo yosh boʻlganligi tufayli amalda davlat ishlarini Musulmonqul boshqarib borgan. Eng muhim lavozimlar qipchoklar qoʻliga oʻtadi va ular xoxdaganicha beboshliklar qila boshlaganlar. Natijada ichki kurash kuchayib, 1853-y. qipchoqlar qirgʻini boshlangan. Buning oqibatida 20 mingga yaqin qipchoqlar oʻldirilgan, Musulmonqul esa Qoʻqonda dorga osilgan. Shu yildan X. davlatni mustaqil idora qila boshlagan. Ammo, tajribasizligi tufayli koʻp xatolarga yul qoʻygan. Bundan foydalangan akasi Mallabek taxt uchun kurashni boshlab yuborib 1858-y. oʻzini Qoʻqon xoni deb eʼlon qilgan (q. Mallaxon). X. Buxoroga qochishga majbur boʻlgan. 1863-y. Buxoro amiri Muzaffar yordamida Qoʻqon taxtiga qayta oʻtirgan. Ammo Musulmonqulning oʻgʻli mingboshi Alimqul xonzodalardan boʻlmish yosh Sayd Sultonmurodni xon deb eʼlon qiladi va Xudoyorxonni yana Buxoroga qochishga majbur etgan. Alimqul amir ulumaro boʻlib amalda davlat ishlarini yakka oʻzi boshqarib borgan. Qoʻqon xonligidagi ichki kurashlardan foydalangan Rossiya imperiyasi xonlikka tegishli Turkiston, Chimkent (1864-y.) va Toshkentni (1865) bosib olgan. 1865-y. Qoʻkrn taxtiga Xudoyqul («Belboqchixon» degan laqabi ham mavjud) oʻtirgan. Ammo u 14 kundan soʻng xazinani oʻzi bilan olib Qashqarga qochib ketgan. Bundan foydalangan X. yana taxtga chiqqan. X. davrida q. x. ga eʼtibor berilgan, yangi anhor va ariqlar qazilgan. Qoʻqonda 1873-y. xon oʻrdasi bitkazilib nihoyasiga yetkazilgan. Bundan tashqari, X. davrida «Madrasai Oliy», «Madrasai Hokim oyim», «Madrasai Sulton Murodbek» lar qurilgan. Xudoyorxonning farmoni bilan Mahzun (Ziyovuddin Hoʻqandiy) 1696 saxifalik «Shohnoma» asarini yozgan (qoʻlyozma Istambulda saqlanmoqda).

X. davrida xonlik hududi ancha qisqarib, turli soliklar oʻylab chiqilgan. Buning ustiga 1868-y. gi Turkiston generalgubernatori K. P. Kaufman bilan guzilgan «teng huquqli» shartnomaga muvofiq, rus savdogarlariga xonlikning hamma shahar va qishloqlarida boʻlish va karvonsaroylar qurish, rus tovarlarini xonlik hududi orqali boshqa davlatlarga boj toʻlamasdan bemalol olib oʻtish huquqi berilgan; rus savdogarlari qoʻqonlik savdogarlar bilan bir miqdorda boj toʻlaydigan boʻlgan. X. Turkiya va Buxoro bilan yaxshi aloqada boʻlishga, Angliya emissarlari bilan uchrashib, ulardan madad olishga intilgan. Ammo, yuzaga kelgan siyosiy vaziyat tufayli u K. P. Kaufman bilan koʻproq yaqinlashishga majbur boʻlgan.

Taxt uchun kurashlar, oʻzaro urushlar, soliqlarning koʻpayib ketishi aholi turmushini ogʻirlashtirgan. Natijada xonlikda teztez qoʻzgʻolonlar boʻlib turgan. Shulardan eng kattasi 1873-y. boshlangan «Poʻlatxon qoʻzgʻoloni» boʻlgan. Qoʻzgʻolonni bostirishning ilojini topa olmagan X., barcha xazinani olib K. P. Kaufmandan harbiy yordam olish uchun Toshkentga qochgan, soʻngra Orenburgga surgun etilgan. U bu yerdan qochib Makkaga borgan. Keyinchalik, Qoʻqon xonligining qolgan hududlarini ham Rossiya bosib olgandan soʻng X. K. P. Kaufmanga rasman murojaat qilib siyosiy ishlarga aralashmaslikni vaʼda qilib Qoʻqonga qaytishga ruxsat soʻragan, ammo rad javobini olgan. X. 2marta murojaat qilgan. Bu ariza senatda koʻrib chiqilib Xudoyorxonga Qoʻqonga qaytishga ruxsat berilgan. Ammo bundan xabarsiz X. yashirin holda Qoʻqonga qaytmoqchi boʻlgan. Yoʻlda vafot etgan.

Ad.: Bobobekov H. N., Qoʻqon tarixi, T., 1996; Bababekov Xudoyorxon, Narodnыye dvijeniya v Kokandskom xanstve i ix sotsialnoekonomicheskiye predposыlki, T., 1990.

Haydarbek Bobobekov.


Lotin alifbosida maqola: XUDOYORXON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QOʻQON XONLIGI
TOSHKENT
BUXORO XONLIGI
YAPONIYA
ALIMQUL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты