XUMDON

XUMDON — gʻisht, sopol, koshin, chinni va b. buyumlar yuqori trada pishiriladigan qurilma yoki inshoot. Pishiriladigan mahsulot turiga qarab har xil kattakichiklikda yasaladi. Ichi dumaloq yoki toʻrtburchak shaklida boʻlib, loy, guvala, pishiq gʻishtdan quriladi. Kdsimgi X. 2 qism: pastki qism (oʻtxona yoki otashxona) va ustki (mahsulotlar joylanadigan) qismdan iborat. Ularning orasini gʻisht bilan urib, oʻrtasidan kichkina teshik qoldiriladi (urilgan qavat araq, uning teshigi araq ogʻzi deb yuritiladi). Araqning 4 burchagidan bittadan kichkina moʻri chiqariladi, 4 yoni va tepasi gʻisht yoki guvala bilan urilib, uycha (xumdon) yasaladi. X. tepasida «tana ogʻiz» deb ataladigan teshik qoʻyiladi. Teshik orqali xom mahsulotlar terib boʻlingach, Xumdonning ogʻzi berkitilib, oʻt (oʻtin yoki koʻmir, hozirgi paytda gaz) yoqiladi. Bu jarayon mahsulotning koʻpozligiga qarab, 6 soatdan 12 soatgacha davom etishi mumkin. Oʻtni oldin past yoqib, soʻngra astasekin balandlatiladi. Mahsulot pishgach, oʻtxonaning tepa ogʻzi berkitilib, havo kirib turishi uchun kichkina tuynuk qoldiriladi. Mahsulot X. ichida 1—2 kun saqlab sovitiladi, soʻngra olinadi. Gʻisht Xumdon lari boshqa Xumdon larga nisbatan kattaroq boʻladi. Hozir yangi texnika uskunalari bilan jihozlangan (gazlashtirilgan, elektrlashtirilgan) Xumdon lardan foydalaniladi. Qishloq joylarda (qisman shaharlarda ham) oʻtin yoqib ishlatiladigan Xumdonlar hozir ham bor.


Lotin alifbosida maqola: XUMDON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
CHINNI-FAYANS SANOATI
AMALIY SANʼAT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты