YOMGʻIRLATIB SUGʻORISH

YOMGʻIRLATIB SUGʻORISH — q. x. ekinlariga suvni yomgʻir shaklida berish usuli; sunʼiy yomgʻir hosil qilishda koʻchma yoki koʻchmas yomgʻirlatish mashinalari va qurilmalari ishlatiladi. Yomgʻirlatib sugʻorish boʻyicha tadqiqotlar bir necha mamlakatlarda 19a. da oʻtkazilgan, 20a. boshlaridan i. ch. da qoʻllanila boshladi. Koʻpgina chet mamlakatlarda (AQSH, Italiya, Germaniya, Vengriya, Bolgariya., Chexiya va b.) Yo. s. keng miqyosda qoʻllaniladi. Qozogʻistonda va Qirgʻizistonda ekin maydonlarining katta kismi shu usulda sugʻoriladi. Yomgʻirlatib sugʻorish ayniqsa namlanish beqaror boʻlgan maydonlarda sabzavot, yemxashak, gʻalla, texnika ekinlari, meva va rezavorlar yetishtirishda koʻp qoʻllaniladi. Sugʻorma dehqonchilik zonasida chuchuk va qisman minerallashgan grunt suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan oʻtloqi va boʻzoʻtloqi tuproqlarda hamda suv oʻtkazish qobiliyati yuqori boʻlgan tuproklarda Yomgʻirlatib sugʻorish qoʻllaniladi. Egatlar orqali yoki tuproq sirtidan sugʻorishning boshqa turlariga qaraganda Yomgʻirlatib sugʻorish qator afzalliklarga ega: oʻsimlik rivoji uchun qulay sharoit yaratadi, faqat tuproq namini oshiribgina qolmay, qavoning yer yuzasiga yondosh qatlamida ham namlikni koʻpaytiradi, havo haroratini pasaytirib, bugʻlanish va oʻsimlik transpiratsiyasi sarfini kamaytiradi. Yomgʻirlatib sugʻorish s oʻsimlikdagi changni yuvib, ularning nafas olishini, organik moddalar toʻplanishini kuchaytiradi, oʻsimlik rivojlanishini yaxshilaydi, barcha fiziologik jarayonlarni faollashtiradi. Yomgʻirlatib sugʻorish relyefi murakkab hamda suv oʻtkazuvchanligi yuqori boʻlgan jinslarda joylashgan yerlarda, tuproq qatlami yupqa joylarda, suvni oqizib sugʻorish katta hajmdagi tuproq tekislash ishlarini talab etadigan yoki suv filtratsiyasi sarfi katta boʻlgan dalalarda oʻsimlik uchun qulay namlikni saqlashga imkoniyat yaratadi. Yomgʻirlatib sugʻorishda muvaqqat sugʻorish shoxobchalariga ehtiyoj qolmaydi, natijada yer maydonida toʻlaroq foydalaniladi. Yomgʻirlatib sugʻorishda oqizib sugʻorishga nisbatan grunt suvlari yer yuzasiga yaqin (1—2 m) chuqurlikda joylashgan oʻtloqi tuproqlarda sugʻorish normasi 1,5—2,0-marta, tipik sur tuproklarda 15—20% ga kamayadi. Yomgʻirlatib sugʻorish suvni sarflashda tejamkorlik taʼminlash bilan birga suv bilan birga oʻgʻit berishga imkon beradi, mehnat unumdorligini oshiradi. DDAYUOM markali bitta yomgʻirlatish mashinasi sutkasiga 8—10 ga yerni sugʻorib, 12—15 suvchining ishini bajaradi. Yomgʻirlatib sugʻorishni galla—gʻoʻza—beda almashlab ekish kompleksiga kiruvchi beda, joʻxori, sudanoʻt va sh. k. oʻsimliklar ekilgan maydonlarda ham qoʻllash mumkin. Yomgʻirlatib sugʻorish samarasi asosan suv tomchilarining jadalligi va oʻlchamlariga bogʻliq. Tomchilar diametri 1,5—2,0 mm atrofida, yomgʻir jadalligi tuproqning suv oʻtkazish qobiliyatidan kichik boʻlganda sugʻorishda yaxshi sifatga erishish mumkin. Muayyan sharoit uchun bu koʻrsatkichlar, odatda, tajriba yoʻli b-n aniqlanadi. Mexanik tarkibi ogʻir boʻlgan (mas, tipik sur) tuproq sharoitida yomgir tezligi min. ga 0,1 dan 0.2 mm gacha, oʻtloqiallyuvial, oʻtloqibotqoqi tuproklarda 0,25—0,3 mm, oʻrta va yengil tuproklarda 0,3—0,4 mm ni tashkil etadi. Sugʻoriladigan maydonda suvning bir tekis tarqalishini, koʻlob va oqim hosil boʻlmasligini taʼminlash lozim. Yomgʻirlatib sugʻorish uchun dare, kanal va b. suv manbalaridan foydalanish mumkin. Suv keltirgich (kanallar, doimiy suv quvurlari) va tarqatgich (ochiq, yopiq va aralash) tarmoklari orqali sugʻoriladigan uchastkadagi yomgʻirlatish mashinalari va qurilmalariga beriladi. Yomgʻirlatib sugʻorish usuli qoʻllanilganda suv keltirgich va tarqatgich tarmoklarni joylashtirishda sugʻoriladigan uchastka shakli mumkin qadar toʻgʻri burchakli boʻlishi, uning kengligi yomgʻirlatish mashinasining qanoti uzunligidan 2-marta katta boʻlishi kerak. Ariq va suv quvurlari birbiriga parallel joylashtiriladi.

Ad.: Sattarov F. M.,Mednis M. N., Sostoyaniya i perspektivы mexanizatsii i avtomatizatsii poliva xlopchatnika, T., 1976; Ahmedov X. A., Sugʻorish melioratsiyasi, T., 1977.

Masharif Boqiyev.


Lotin alifbosida maqola: YOMGʻIRLATIB SUGʻORISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ITALIYA
VENGRIYA
BOLGARIYA
GERMANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты