YOMGʻIRLATISH MASHINALARI VA QURILMALARI

YOMGʻIRLATISH MASHINALARI VA QURILMALARI — q. x. ekinlarini sunʼiy (yomgʻirlatib) sugʻorish agregatlari. Yomgʻirlatish mashinalari dalada traktorlarga oʻrnatib ishlatiladi yoki gidravlik yuritmali oʻz tayanchlarida harakatlanadi. Yomgʻirlatish qurilmalari yomgʻirlatish mashinalaridan mustaqil harakat qila olmasligi (muqimligi) bilan farq qiladi. Asosiy ish organlari purkagich (uchlik) va yomgʻirlatish apparatlaridan iborat (rasmga q.). Bosim kuchi va suv sarfiga koʻra, Yomgʻirlatish mashinalari va qurilmalari va q. yaqinga otar (suv 5—8 m uzoklikka otiladi), oʻrtacha masofaga (15—35 m) otar va uzoqqa (40—80 m ga) otar xillarga; ishlash tarziga koʻra, pozi 1. Yomgirlatish mashinalari va kurilmalarining ish organlari: a — yaqinga otar deflektorli uchlik (/—deflektor, 2 — voronka); b — uzoqqa otar yomgʻirlatish apparati (/—stvollar; 2 — soplo; 3 — aylanuvchi tayanchlar; 4 — quvur; 5—qanotcha). 2. Harakatlanuvchi yaqinga otar yomgʻirlatish mashinasi. 3. Pozitsion yak^nga otar yomgʻirlatish mashinasi. sion va harakatlanuvchi xillarga boʻlinadi. Pozitsion Yomgʻirlatish mashinalari va qurilmalari gidratli taqsimlash quvurlari va yaqinga otar uchliklari yoki oʻrtacha masofaga otar apparatlari boʻlgan ikkita yomgʻirlatish qanotlaridan iborat. Bir qanoti ishlayotganda ikkinchisi boshqa vaziyat (pozitsiya) ga oʻrnatiladi. Harakatlanuvch i Yo. m. va q. traktorga oʻrnatilgan yaqinga otar uchlikli, ikki konsolli fermadan iborat. Purkash (yomgʻirlatish) uchun muljallangan suv ariqlardan markazdan qochma nasoslar yordamida olinadi.


Lotin alifbosida maqola: YOMGʻIRLATISH MASHINALARI VA QURILMALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YOMGʻIRLATIB SUGʻORISH
YER
YOPIQ SUGʻORISH TIZIMI
SUGʻORISH
PAXTA TERISH MASHINALARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты