YOPIQ SUGʻORISH TIZIMI

YOPIQ SUGʻORISH TIZIMI — sugʻoriladigan maydonlarga suv uzatadigan quvurlar tarmogʻi. Quvurlar 0,6—1,5 m chuqurlikda (quvur ustigacha) yoki yer yuzasiga yotqiziladi. Yer osti quvurlari oʻtirmaydigan va koʻpchimaydigan qumlik, shagal va sh. k. mustahkam gruntlarga yotqiziladi. Suv tekkanda oʻtiradigan gruntlarda avval transheya qazib suv quyiladi, koʻpchiydigan gruntlarda esa quvur tagiga 20 sm dan kam boʻlmagan qalinlikda qum solinadi. Yopiq sugʻorish tizimi uchun asbestsement, temirbeton, polietilen, metall va shu kabi quvurlardan foydalaniladi. Suv uzatish usuli boʻyicha Yopiq sugʻorish tizimi bosimli (suv nasos yordamida beriladi) va oʻzioqar bosimli (joyning tabiiy nishabi hisobiga bosim hosil boʻladi) sugʻorish shoxobchalariga boʻlinadi, odatda, bunga nishablik 0,025 dan yuqori boʻlgan joylarda erishiladi. Quvurlardagi suvning minimal oqim tezligi loyqachoʻkindilarni oqizib ketishni, maksimal tezligi esa sugorish toʻxtatilgandan soʻng quvurlarni choʻkindilardan yuvib, chiqarib tashlashni taʼminlashi lozim. Bosimli Yopiq sugʻorish tizimining asosiy elementlari: suv manbai (daryo, kanal, suv ombori, yer osti suvlari va b.); nasos st-yasi, suv tarqatgich quvurlar tarmogʻi; yomgirlatish va sugʻorish mashinalari; koʻchma yoki koʻchmas suv quyish quvurlari; quvurlar yoʻlidagi inshootlar va ochibberkitadigan qurilmalar; suv tashlama va oqova kanallari.

Oʻzioqar bosimli Yopiq sugʻorish tizimi bosimli shoxobchadan faqat nasos st-yasining yoʻkligi b-n farq qiladi. Yopiq sugʻorish tizimi konstruksiyasi boʻyicha koʻchmas, yarim koʻchma va koʻchma boʻladi. Koʻchmas tizimlarda suv bosim ostida doimiy gidrantlar oʻrnatilgan suv quvurlarga beriladi, ular orqali esa koʻchmas sugʻorish mashinalari yoki boshqa sugʻorish qurilmalariga oqib keladi. Yarim koʻchma Yopiq sugʻorish tizimida suv yomgʻirlatish qurilmalari yoki suvni tuproq ichidan tomchilab yoki egatlarga oqizib beradigan joʻmraklarga doimiy yer osti va koʻchma yer usti suv quvurlaridan beriladi. Kuchma quvurli sugʻorish tarmogʻi yer yuzasiga yotqiziladigan yigʻma suv quvurdan iborat; uni osongina boʻlaklarga ajratib, boshqa joyga koʻchirish mumkin. Sugʻorma dehqonchilik zonasida oʻzioqarbosimli sugʻorish shoxobchalari eng koʻp qurilgan. Mac, Mirzachoʻlda 65 ming ga, Dalvarzin choʻlida 35 ming ga dan koʻproq yer shu usulda sugʻoriladi (2001). Yopiq sugʻorish tizimi sugʻorma dehqonchilikni kompleks mexanizatsiyalash talablariga toʻla javob beradi, unumdor sugʻorish texnikasini qoʻllashga imkon yaratadi; Yo. s. t. da f. i. k. ochiqsugʻorish tarmoqlarinikiga qaraganda ancha yuqori boʻlib (0,95—0,98), ariq va kanallar bilan band boʻladigan yerlardan ham foydalanishga imkon beradi. Yopiq sugʻorish tizimida yerdan foydalanish koeffitsiyenti 0,92—0,98 ga teng.

Sharif Hamdamov, Nikolai Soloxin.


Lotin alifbosida maqola: YOPIQ SUGʻORISH TIZIMI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
OKEAN
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TEMIRBETON KONSTRUKSIYALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты