YONILGʻI NASOSI

YONILGʻI NASOSI — ichki yonuv dvigatelinij yonilgʻi bilan taʼminlash tizimidagi qurilma. Dizel dvigatelidagi Yonilgʻi nasosi korpus, kulachokli val, turtkich, plunjerlar jufti, haydash klapanlari joylashgan nasos kallagi, yonilgʻi miqdorini rostlab turadigan mexanizmlardan iborat. Karbyuratorli ichki yonuv dvigatelida yonilgʻi bakidan yonilgʻini karbyuratorning qalqovuchli kamerasiga zarur miqdorda uzluksiz oqim bilan uzatib turadi, dizellarda esa yonilgʻini aniq belgilangan vaqtlarda har qaysi forsunkata uzatadi va yonish kamerasiga purkash uchun yetarli bosim (12,5—17,5 MPa) hosil qiladi. Karbyuratorli ichki yonuv dvigatellarida diafragmali, dizellarda koʻp plunjerli va bir plunjerli Yonilgʻi nasosi ishlatiladi. Dizellarda ishlatiladigan Yonilgʻi nasosi yuqori va past bosimli xillarga boʻlinadi. Yuqori bosimli Yonilgʻi nasosi yonilgʻini forsunkaga, past bosimlisi esa nasosforsun kaga uzatish uchun xizmat qiladi. Yonilgʻi miqdorini rostlash usuliga qarab, plunjer yoʻli oʻzgaruvchan; yonilgʻi oʻtishini rostlovchi ignali; buriluvchi plunjerli xillarga boʻlinadi. Buriluvchi plunjerli Yonilgʻi nasosi eng keng tarqalgan. Bunda yonilgʻi miqdori richag va ekssentrik yordamida klapanning ochilish paytini oʻzgartirib rostlanadi. Dvigatelda nechta silindr boʻlsa, shuncha plunjer boʻladi. Mac, 2, 4, 6 plunjerli Yonilgʻi nasosi bor.


Lotin alifbosida maqola: YONILGʻI NASOSI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ICHKI YONUV DVIGATELI
YER
NASOS
YER HAYDASH
YONISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты