YOSMIN, jasmin (Jasminum) — zaytundoshlarning bir turkumi. Tropik va subtropik oʻlkalarda 200 ga yaqin turi bor. Shulardan 2 turi dorivor (J. Offi cinall — Gruziyada va J. fruticans — Kopetdogʻda) yovvoyi holda oʻsadi. Abxaziyada yirik gulli Yosmin (Jasminum grandifl orum L.) ekiladi, gulidan parfyumeriya sanoatida qimmatli efir moyi olinadi (yangi terilgan gulida 0,1% gacha efir moyi bor), choyga xushboʻy hid berish uchun ishlatiladi. Oʻzbekistonda Yosmin (J. fruticans) manzarali oʻsimlik sifatida (1,2×0,75 yoki 1×1 m sxemada) ekiladi. Yosmin ekilgan maydonlardan 20—25 yil gul olish mumkin. Boʻyi 100—150 sm, barglari oddiy yoki 3 boʻlakli, ustki bargchalari kuraksimon. Kosachasi qoʻngʻir, bigizsimon, uzun boʻlaklarga boʻlingan. Guli sariq. May oyida qiygʻos gullaydi.