YOQUBOV Gʻulomiddin Toshpoʻlatovich

YOQUBOV Gʻulomiddin Toshpoʻlatovich (1950.1.3, Toshkent) — xonanda, Oʻzbekiston (1987) va Qoraqalpogʻiston (1991) xalq artisti. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1973). Jizzax musiqali drama teatrida (1973—74), Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1967—68 va 1974-y. dan) da yakkaxon xonanda. Kuchli, jarangdor va yoqimli ovozga ega. Ijrochilik uslubi emotsional koʻtarinki ruhi bilan ajralib turadi. Repertuari muhabbat, goʻzallik, Vatan mavzuidagi, shuningdek, raqsbop qoʻshiq va ashulalardan iborat. Sozanda va bastakor A. Ismoilov bilan hamkorlikda yaratgan qoʻshiklari ommaviylashgan: «Zilola», «Sen oʻzing», «Qaraysan», «Oshiqnoma» va b. Repertuaridan turli xalqlar (ozarbayjon, eron, turk, hind, uygʻur va b.) qoʻshiqlari, shuningdek, «Segoh», «Dugoh», Gʻ. Yoqubov ommaviy sahnada. «Guluzorim», «Feruz 1—II» kabi oʻzbek mumtoz ashulalar oʻrin olgan. 1990-y. lardan boshlab kompozitor A. Rasulov bilan hamkorlikda zamonaviy estrada qoʻshiqchiligi uslubida ijod etmoqda: «Dilorom», «Begoyim», «Qomat», «Ketolmaysan», «Elim deb», «Xush kelding, muborak sarvarim Navroʻz» va b. Baʼzi qoʻshiqlar kuylarini Yoqubov oʻzi yaratgan: «Muhabbat», «Unutilmasin», «Majnuntol», «Oʻylasam», «Sening kulishlaring», «Parvardigor asrasin», «Bir qarasam» va b. «Majnuntol» gramplastinkasi «Melodiya» gramyozuv firmasining «Oltin disk» mukofotiga sazovor boʻlgan (1985). «Doʻstlik» (1996), «Elyurt hurmati» (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.


Lotin alifbosida maqola: YOQUBOV Gʻulomiddin Toshpoʻlatovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ERON
RAJABIYLAR
HINDISTON
OZARBAYJON
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты