YUNON-BAQTRIYA PODSHOLIGI

YUNON-BAQTRIYA PODSHOLIGI — Qadimiy quldorlik davlati (mil. av. 256 — 248 ylar orasi — mil. av. 140—135 ylar). Asoschisi salavkiylarttt Baqtriyadagi satrapi Diodot hisoblanadi. Mil. av. 250-yilda u oʻzini Baqtriyaning mustaqil hukmdori deb eʼlon qiladi. Davlat hududiga hoz. Janubiy Tojikiston, Janubiy Oʻzbekiston va Afgʻoniston kirgan. Yunon-Baqtriya Podsholigi kuchaygan paytlarda unga Pokiston, Shim.

Gʻarbiy Hindiston hamda Sugʻdiyona ham boʻysungan. Poytaxti Baqtra (oʻrta asrlardagi Balx) shahri boʻlib, uning xarobalari Shim. Afgʻonistonda, Mozori Sharif shahri yaqinida joylatlgan. Davlat bir qancha satrapliklar (viloyatlar) ga boʻlinib boshqarilgan. Yozma manbalar va arxeologiq tadqiqotlar natijalari iqtisodiy hayot, badiiy hunarmandchilik, haykaltaroshlik, madaniyat, shaharsozlik yunon anʼanalari asosida yuksak rivojlanganligidan dalolat beradi. YunonBaqtriya davriga mansub eng mashhur yodgorlik Shim. Afgʻonistondagi Oyxonum va Janubiy Tojikistondagi Taxti Sangin yodgorliklari hisoblanadi. Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida, Vaxsh va Panj daryolari quyilishida joylashgan Taxti Sangindagi ibodatxona tuzilishi va topilmalari ellinizm dunyosiga xos diniy eʼtiqodlar keng tarqalganligini koʻrsatib turibdi.

Yunon-Baqtriya Podsholigi Hindiston va Oʻrta Osiyo hududlarini oʻzaro bogʻlovchi hamda Xitoydan Badaxshon orqali Fors koʻrfaziga olib chiquvchi savdo yoʻllarini nazorat qilib, xalqaro iqtisodiysavdo aloqalarida faol ishtirok etgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan koʻplab tangalar tovarpul munosabatlari rivojlanganligini koʻrsatadi. Tangalar yunon standartlari asosida kumush va jezdan quyilgan. Tangalarda (tetradraxma, draxma, obol va boshqalar) hukmdorlar qiyofasi yuksak did va aniqlik bilan tasvirlangan. Diodot (mil. av. 250—230), Yevtidem (mil. av. 230 —200), Demetriy (mil. av. 200185), Yevkradit (mil. av. 185171), Geliokl (mil. av. 171—155) va boshqalar hukmdorlari maʼlum. Bitta nom bilan davlatni boshqargan hukmdorlar (mas, Diodot 1P, Yevkradit 1 — II) ham boʻlgan. Mil. av. 3-asr oxiri —2-asrning 1-yarmi davlatning eng rivojlangan davri hisoblanadi. Mil. av. 2-asr oʻrtalaridan boshlab ichki nizolar kuchayib, inqiroz davri boshlanadi. Mamlakat alohida viloyatlarga boʻlinib, mahalliy hokimlar (Antimax, Menandr, Appolodot va boshqalar)oʻz nomidan tangalar zarb qilishgan.

Yunon-Baqtriya Podsholigi mil. av. 140—135-yillarda sak va yuyechji qabilalari tomonidan butunlay tugatilgan.

Yunon manbalariga koʻra, Yunon-Baqtriya Podsholigi asiylar, pasianlar, sakaravllar va toxarlar tazyiqi ostida barham topgan.

Ad.: Rtveladze E. V., Velikiy shelkoviy put, T., 1999; Oʻzbekiston tarixi, T., 2003; Sagdullayev A. S., Qadimgi Oʻrta Osiyo tarixi, T., 2004.

Oʻktam Mavlonov.


Lotin alifbosida maqola: YUNON-BAQTRIYA PODSHOLIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
POKISTON
AFGʻONISTON
O'rta Osiyoning qadimgi aholisi haqida yunon-rim mualliflari
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты