YURIDIK JAVOBGARLIK

YURIDIK JAVOBGARLIK — huquqbuzarga nisbatan davlat qoʻllaydigan choralar. Yuridik javobgarlikning maqsadi ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, tartibga solish va muhofaza etishdir. Yuridik javobgarlik qonuniylik, adolatparvarlik, jazoning muqarrarligi, maqsadga muvofiqlik, ayb uchun javobgarlik, bir huquqbuzarlik uchun ikki tomonlama javobgarlikka yoʻl qoʻyilmasligi kabi tamoyillarga asoslanadi. Yuridik javobgarlik faqat qonunda belgilangan tartibda va vakolatli organning tegishli qarori asosidagina vujudga keladi. Yuridik javobgarlikning quyidagi turlari mavjud: jinoiy javobgarlik, maʼmuriy javobgarlik, fuqarolik huquqiy javobgarlik, intizomiy javobgarlik, moddiy javobgarlik. Shuningdek, ilmiy adabiyotlarda konstitutsiyaviy, ekologik javobgarlik turlari ham koʻrsatiladi.


Lotin alifbosida maqola: YURIDIK JAVOBGARLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AYB
TOSHKENT
MODDIY JAVOBGARLIK
TABIATNI MUHOFAZA QILISH
SHAXSNING HUQUQIY HOLATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты