ERIVONIY

ERIVONIY Mirza Qadim Mamed Husayn oʻgʻli (1825 — Yerevan — 1875) — ozarbayjon rassomi va naqqoshi; ozarbayjon tasviriy sanʼatida dastgoh sanʼati asoschisi. Maxsus badiiy taʼlim olmagan. Erivoniy kashtachilik, devoriy rassomlik, zargarlik va boshqalar uchun rasmtrafaretlar yaratgan, lok rang tasvirida («Qushlar ila gullar» va boshqalar) ijod qilgan. Erivoniy portretlarida natura bilan tasvir oʻxshashligiga erishganligi, shakllar tasvirida anʼanaviy shartlilikni yenga olganligi namoyon boʻldi: «Fatali shoh», «Raqqosa» (shishaga ishlangan), «Oʻtirgan ayol» (tempera), «Abbos Mirzo» (tush), «Mulla» va boshqalar.


Lotin alifbosida maqola: ERIVONIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: E harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



RANG-TASVIR
OZARBAYJON
FRANSIYA
ALISHER NAVOIY
AMALIY SANʼAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты