ZARGARLIK — badiiy hunarmandlik soxasi; oltin, kumush, mis, qalay kabi rangli metallardan zebziynat buyumlari (taqinchoqlar), bezak buyumlari yasash kasbi. Zargarlar bezak buyumlari tayyorlashda quyish, bolgʻalab (zarb berib) yasash, hallash (oltin va kumush suvi yuritish), oʻyib yoki boʻrttirib naqsh yasash, bosma, zigʻirak, sovotkori, qolipaki, shabaka kabi usullardan keng foydalanadi. Qimmatbaho toshlar (gavhar, feruza, dur, hatsik va b.)ga ishlov berib, 3. buyumlari (bargak, bibishak, bilaguzuk, bozuband, bozgardon, boldok, buloqi, boʻyintumor, gajak, duotuzi, jevak, jigʻa, zarkokil, zebigar Alisher Navoiyning «Xamsa» asariga ishlangan zarvaraq (Hirot, 1492—93 y. lar; xattot Sultonali Mashhadiy, muzahhib Mavlono Yoriy. Sankt-Peterburg Davlat xalq kutubxonasi qoʻlyozmalar fondida saqlanadi).
Zargarlik: tillaqosh (Toshkent, 1880-y.); Dalvarzintepadan topilgan boʻyin taqinchogʻi (pektoral, mil. av. 1a.) don, zulf, isirgʻa, kokil, oyboldoq, osmatuzi, sanchok, tavq, tilla bargak, tilla tuzi, tillaqosh, turunj, uzuk, shokila, qashqarboldoq, halqa kabi) yaratilgan.
Arxeologik topilmalar 3. qadimdan mavjudligini koʻrsatadi. Qad. Misr, Yunoniston, Eron, Xitoy zargarlari 3. buyumlari tayyorlashda marjon, nefrit, kahrabo va b. dan keng foydalangan. Yevropada, ayniqsa, roman va gotika davrida (12—15 a. lar) 3. sanʼati yuksak pogʻonaga koʻtarilgan, Zargarlikning yangi usul va uslublari vujudga kelgan. OʻzRning koʻpgina muzeylarida saklanayotgan topilmalar respublika hududida (YunonBaqtriya podsholigi, mil. av. 3—2a. ; Qad. Xorazm, asosan, mil. av. 1ming yillik oʻrtalaridan mil. 8a. gacha) 3. rivoj topganini koʻrsatadi. Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva, Qoʻqon, Shahrisabz va b. shaharlarda 3. rivojlangan. 19a. oxiri 20a. boshida oʻziga xos ishlanishi, shakli, bezaklari, xususiyatlari bilan birbiridan farq qilgan xilmaxil 3. buyumlari keng tarqalgan, ziynat buyumlari toʻplamlari vujudga kelgan. Asrlar osha avloddan avlodga oʻtib kelayotgan 3. sanʼati 20 a. boshlarida inkirozga yuz tutdi, xalq ustalarining soni qisqara boshladi. Ustalarga qimmatbaho xom ashyolardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmadi. 3. fkalarida ijod qilgan ustazargarlar ish jarayonida astasekinlik bilan mavjud anʼanalardan yiroqlasha bordilar. Natijada ular tomonidan ishlab chiqarilgan buyumlarning shaklishamoyili oʻzgarib «eklektik» manzarani yuzaga keltirdi va baʼzi anʼanalarni butkul yoʻqolishiga olib keddi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng 3. sanʼati jonlandi. Qimmatbaho metall materiallardan foydalanishga imkon yaratildi.
Ijod qilayotgan ustalar, asosan, 2 yoʻnalishda: mahalliy 3. (unutilib borayotgan anʼanalarni qayta tiklash) va anʼanaviy zamonaviy uslubda 3. buyumlari yaratish ustida ijod qilmoqdalar. Anʼanaviy 3. buyumlari — tumorlar, isirgʻalardan «uch koʻzacha», «oy boldoq», «yer bidor», «qashqarboldoq» va b. yaratildi. Ustalardan Dadamuhamedovlar sulolasi, G. Yoʻldosheva, R. Muxametshin, M. Nozirxonov, Sh. Nizomov, I. Olimov, G. Tosheva va boshqalar 3. anʼanalarini oʻrganish, rivojlantirish va yangi yoʻnalishlarni kashf etish borasida qator ishlarni amalga oshirdilar. Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va boshqa 3. maktablarning ayrim chizgilari birbiriga uygunlashtirilib, yangi zamonaviy 3. buyumlari yaratilmoqda. A. Ulumbekovaning «Ayol» (1998), «Afrika» (1999), «Baliqcha» (1999); E. Gostevning «Parvoz» (1998) asarlari, R. Muxametshin ijodiy namunalari («Hayot daraxti», 1993; Bilaguzuklar: ilon shaklidagi bilaguzuk (Baqtriya, mil. av. 3a.); soatli bilaguzuk (20a.).
«Togʻ irmogʻi», 2001) oʻzining bezakdorligi, tasvirining nozikligi hamda xalq sanʼatining mumtoz namunalari asosida yaratilishi bilan farqlanadi. Hoz. kunda usta — zargarlar bilan bir qatorda bir necha birlashmalar — «Fonon» va «Kumush» birlashmasi, «Hyp» davlat 3. markazi, «Musavvir», «Ustazoda» kabi markazlar ham ichki bozorni 3. buyumlari bilan toʻldirmoqda. Oʻzbekiston BA ning tashabbusi bilan Toshkentda 2001-y. apr. da «Zargarlik — 2000», 2002-y. apr. da «Zargarlik — 2002» xalqaro koʻrgazmalari namoyishi oʻtkazildi. Ushbu koʻrgazmada koʻpgina davlatlarning zargar ustalari oʻz asarlari bilan qatnashdi (yana q. Zargarlik sanoati);
2) bozorda zargar ustalarning doʻkonlari joylashgan rasta yoki mahalla. Ad.: Faxretdinova D. A., Yuvelirnoye iskusstvo Uzbekistana, T., 1988.