ZEB-ZIYNAT BUYUMLARI

ZEB-ZIYNAT BUYUMLARI — zargarlik sanʼatida yaratiladigan bezak buyumlari, taqinchoklar. Ayol libosini boyitib, ularni yanada nazokatli va jozibali qilib koʻrsatishga xizmat qiladi. Asosan, oltin, kumush va b. dan yasalib, javohirlar qoʻyib bezatiladi, jimjimador qilib raxkori, kumushni qoraytirib sovodkori, panjarali qilib shabaka va b. usullarda oʻyma va boʻrtma naqshli qilib turlicha ishlaʻ nadi, shokilalar bilan bezatiladi. Taqilishiga koʻra, bosh (tillaqosh, tillabargak, bodomoy, bibishak, gajak, koʻshduo va b.), boʻyin— koʻkrak (turli marjon va marvaridlar, zebigardon, nozigardon, jevak, tangajevak, tavq, boʻyintumor, koʻkraktumor, qoʻltiqtumor kabi tumorlar, bozuband va b.), soch (sochpopuk, tuf va b.), quloq — burun (buloqi, isirgʻalar va b.) va qoʻl (uzuk, bilaguzuklar) Zeb-ziynat buyumlari xillari farkdanadi. Zeb-ziynat buyumlarining paydo boʻlishi tarixi juda qad. davrga borib taqaladi. Arxeologlar yuqori paleolit katlamlaridan topgan tosh munchoq, toʻgʻnogʻichlar, jez davriga oid bilaguzuk, toʻgʻnogʻich va tugmalar ilk ajdodlarning dastlabki bezaklari haqida xabar beradi. Keyingi davrlarda yaratilgan tilla buyumlar boʻrtma tasvirlar, sopol haykalchalar, oʻrta asrlarga oid devoriy rasmlar, qoʻlyozma asarlarga ishlangan miniatyuralarda aks etgan. Zeb-ziynat buyumlari vaqt oʻtishi bilan astasekin birbirini toʻldirib, 19a. oxiri 20a. boshida yaxlit toʻplamlarni vujudga keltirgan. Oʻzbekistonning turli viloyatlarida yasalgan zargarlik buyumlari oʻziga xos mahalliy xususiyatlari bilan birbiridan farq qiladi. Xorazmlik zargarlar tayyorlagan Zeb-ziynat buyumlari salmokdorligi, serhashamligi va koʻrinishi bilan ajralib turadi. Samarqand zargarlari yaratgan taqinchoqlarda Toshkent hamda Buxoro zargarligining taʼsiri seziladi. Mas, panjara usulida nozik did bilan qulflik qilib ishlangan bilaguzuklar Buxoro zargarlarining ishlariga yaqin. Buxoro zargarlarining Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati zargarlarining ishlariga ham taʼsiri katta boʻlgan. Toshkentlik kelinlar toʻyida (nikoh libosi bilan birga) boshga tillakrsh, tillabargak, gajak, quloqqa isirgʻa, boʻyinga koʻkrakka tushib turadigan zebigardon, jevak, xafaband, marjon, boʻyintumor, sochga sochpopuk, qoʻltiqqa qoʻltiqtumor, qoʻlga bilaguzuk va uzuklar taqqan. Samarqand kelinlarining Zeb-ziynat buyumlari (tillabargak, tillakrsh, gajak, isirgʻa, sochpopuk, tavq, marjon, koʻkraktumor, zebigardon yoki haykal, bilaguzuk va uzuk) toshkentlik kelinlarnikiga yaqin boʻlgan. Xiva kelinlarining taqinchoklari (takyatuzi, osmaqanot, butuntirnoq, oʻqyoy, shokila va b.) oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Shunga koʻra, turli markazlarda yaratilgan Zeb-ziynat buyumlari toʻplamlari umumiylikka ega boʻlib, mahalliy oʻziga xoslik qismlarda namoyon boʻladi. Bu toʻplamlar bir namuna koʻrinishiga ega boʻlib, qatʼiy boʻlmagan, u har bir xonadonning iqtisodiy ahvoliga qarab u yoki bu darajada boyitilgan. Ayollar Zeb-ziynat buyumlarini toʻlatoʻkis holatda kelinlik davrining dastlabki 1—2 y. ichida, toʻytantanalarda taqishga harakat qilgan, boshqa vaqtda yengil qarakat qilishga xalaqit bermaydiganlari (uzuk, bilaguzuk, isirgʻa va b.)ni taqqan. Zirak, bilaguzuk, har xil munchoklar (munchoq, qalampirmunchoq)ni qizchalarga juda kichikligidan boshlab taqa boshlashgan, chunki ular bezak boʻlish b-n birga yomon nazardan asrash vazifasini ham bajargan. 20-a. 20-y. larida zargar ustalar artellarga birlashdi, anʼanaviy serhasham va ogʻir Zeb-ziynat buyumlari oʻrniga xalq didiga moye boʻlgan yengil, qulay va nafis isirgʻalar (qashqarboldoq, «isirgʻabarg», buxori zirak — «shibirma», «ayzirak», ilon zirak va b.), yoqut koʻzli uzuklar, bilaguzuklar yasala boshlandi, xom ashyo sifatida mis, kumush va tilla bezaklardan, qisman davlat ajratgan tilladan foydalanildi. 1963-y. da Toshkent zargarlik fkasi (1972-y. dan zd) ishga tushdi, u yerda tilla zanjirlar, yoqut, feruza, gavhar va b. qimmatbaho toshlardan koʻzlar qoʻyib ishlangan zirak va uzuklar, bilaguzuklar, nikoh uzuklari koʻplab i. ch. yoʻlga qoʻyildi. Nozik did va mahorat bilan ishlangan bu qulay va nafis taqinchoqlarni ayollar doimo taqib yurish imkoniyatiga egadir. Zargarlar yangi Zeb-ziynat buyumlari (jumladan, qashqarboldoq, buxoro isirgʻasi «shibirma», toʻgʻnogʻich, bilaguzuk, marjon va b.) bilan bir qatorda anʼanaviy taqinchoqlarni (mas, isirgʻa, uzuk, bilaguzuk, marjonlardan iborat «Bozuband», «Oynazirak» va b. toʻplamlari, 90y. lar) yangicha oʻziga xos bezaklar bilan yaratmoqda.


Lotin alifbosida maqola: ZEB-ZIYNAT BUYUMLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMALIY SANʼAT
TOSHKENT
YER
ZARGARLIK
PALEOLIT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты