FRIDRIX VILGELM

FRIDRIX VILGELM (Friedrich Wilhelm) (162088) Brandenburg kurfyursti (1640-y. dan), Gogensollernlar sulolasidan boʻlgan «Buyuk kurfyurst». Uning davrida Brandenburg Prussiya gersogligini (ungacha — Polsha leni boʻlgan) va b. yerlarni uzilkesil qoʻshib olgan. Prus absolyutizmiga asos solgan.

Fridrix Vilgelm I (1688—1740) — Prussiya qiroli (1713-y. dan); Gogensollernlar sulolasidan. «Taxtdagi feldfebel» laqabini olgan. Fridrix Vilgelm II (1744—97) — Prussiya qiroli (1786-y. dan); Gogensollernlar sulolasidan. 1792-y. inqilobiy Fransiyaga qarshi Avstriya bilan ittifoq tuzgan.

Fridrix Vilgelm III (1770—1840) — Prussiya qiroli (1779-y. dan); Gogensollernlar sulolasidan. 1807-y. dagi Tilzit sulhiga koʻra, Napoleon I ga Prussiya hududining yarmini bergan.

Fridrix Vilgelm IV (1795—1861) — Prussiya qiroli (1840-y. dan); Gogensollernlar sulolasidan. Ruxiy kasalligi tufayli 1857-y. dan davlat ishlaridan chetlashgan.


Lotin alifbosida maqola: FRIDRIX VILGELM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVSTRIYA
POLSHA
FRANSIYA
GERMANIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты