FUQAROLARNING OʻZINI OʻZI BOSHQARISH ORGANLARI — fuqarolarning xalq hokimiyatini bevosita amalga oshirishi, davlat va jamiyat ishlarida toʻgʻridantoʻgʻri ishtirok etishi vositalaridan biri. Asosiy vazifasi fuqarolarni mahalliy ahamiyatga bogʻliq masalalarni hal qilishda mustakil faoliyat olib borishini taʼminlashdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (105modda) va «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida» (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1999-y. 14 apr.)da Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huquqiy holati koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu qonunga koʻra, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari quyidagilardir: shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining, shuningdek, shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolarining yigʻini; fuqarolar yigʻinining kengashi; fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy ioʻnalishlari boʻyicha komissiyalar; fuqarolar yigʻinining taftish komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin boʻlgan shaharchalar, qishloklar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan maʼmuriy komissiya. F. oʻ. oʻ. b. o. mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, namunadagi muhrga ega boʻladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida roʻyxatga olinishi kerak.
Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyat koʻrsatmoqda. Fuqarolar yigʻini organlarini va ularning mansabdor shaxslarini saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlarini taʼminlagan hodda, umumiy, teng va toʻgʻridantoʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin yoki ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. «Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida» qonun qabul qilingan (2004-y. 29 agtr.).
Fuqarolar yigʻini — fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarishining yuqori organi boʻlib, aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiluvchi qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Fuqarolar yigʻinida 18 yoshga toʻlgan hamda shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida doimiy yashayotgan shaxslar qatnashadi. «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida»gi yangi tahrirdagi qonunda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini va shahardagi mahalla fuqarolar yigʻinining vakolatlari koʻrsatilgan. Fuqarolar yigʻinining qarorlarini bajarish va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining fuqarolar yigʻinlari oraliq davridagi joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning raislari va yigʻinning masʼul kotibidan iborat tarkibda fuqarolar yigʻinining kengashi tuziladi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi. Fuqarolar yigʻini kengashi oʻz devoniga ega boʻlishi mumkin, uning xodimlari soni yigʻin tomonidan belgilanadi. Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), masʼul kotibi va kengash devoni xodimlari fuqarolar yigʻinining mablagʻlari hisobiga ham, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobiga ham taʼminlanishi mumkin. Taftish k o missiyasi Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari moliyaxoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun tuziladi. Maʼmuriy komissiya maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid oʻz vakolatlari doirasidagi ishlarni koʻrib chiqish uchun tuziladi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyatini muvofiklashtirish maqsadida respublika oqsoqollar Kengashi, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ishlari boʻyicha viloyat, tuman, shahar muvofiklashtirish kengashlari tuzilishi mumkin. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosi oʻz mablagʻlaridan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan byudjet mablagʻlaridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayrehsonlaridan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablagʻlardan tashkil topadi (yana q. Mahama).